Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Rasman! Shevchenko endi “So‘g‘diyona”da faoliyat olib boradi

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi yangi masvumga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda. ayni kunlarda mashg‘ulotlar qizg‘in davom etmoqda.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Aleksandr Mochinov boshchiligidagi jamoa har kuni ikki mahal mashg‘ulot olib bormoqda. Ertalabki mashg‘ulot asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan mashqlar asosida o‘tkazilmoqda. Unda futbolchilar trenajor zallarida va sun’iy qoplamali maydonlarda mashg‘ulotlarni olib borishmoqda.

Kechgi mashg‘ulotlar davomida futbolchilar to‘plar bilan mashqlar bajarish turli xil o‘yin taktikalarni amalda sinab ko‘rmoqda.

Jizzaxliklar safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi. Jumladan, “Neftchi” jamoasida ajoyib o‘yinlarni o‘tkazgan Sherzod Xakimov, “Navbahor” dan Murod Rajabov, 2015 yilda “So‘g‘diyona” safida xarakat qilgan Izzat G‘aniev, “Dinamo” dan Shoxrux Xolmatov va “Buxoro” jamoasida ajoyib mavsum o‘tkazgan ammo jarohati sabab bir muddat futboldan tashqarida bo‘lgan darvozabon Sardor Qobuljonovlar ayni paytda jizzaxliklar bilan mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar.

Bundan tashqari, jamoa murabbiylar shtabiga yana bir murabbiy kelib qo‘shildi. “Metallurg” jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat olib borgan Mikola Shevchenko endilikda bosh murabbiy Aleksandr Mochinovga yordam beradi.

Yig‘in davomida bir nechta futbolchilar ham ko‘rikdan o‘tmoqda. Rossiyaning “TsSKA” va “Dinamo” klublarining yoshlar ligasida to‘p so‘rgan Sergey Evtushenko jamoa bilan yig‘in olib bordi ammo ayrim sabablarga sabablarga ko‘ra yosh iqtidor egasi jamoa lagerini tark edi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram