Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

“Buxoro” jamoasi va ayollar jamoasi qarorgohlarida qayta ta’mirlash ishlari ayni avjida

Yangi mavsum oldidan “Buxoro” va ayollar jamoasi qarorgohida qayta rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh jamoa hamda ayollar jamoasi, yoshlar uchun yangi yilda, yana ham qulayliklar yaratish maqsadida qarorgoh maydoni, yo‘llari va futbolchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida bir talay qurilish hamda qayta ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Jumladan ayollar jamoasi qarorgohida ovqatlanish uchun oshxona, kiyinish xonasi, yuvinish xonasi, dam olish xonalari, mexmonxona, mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘quv maydoni, yoshlar shug‘ullanadigan katta mashg‘ulot maydoni, futzal zalidagi o‘rindiqlar xamda umumiy holati va shu kabilar zamonaviy , shinam qilib qayta ta’mirlanyapti.

Shu bilan birga “Buxoro” jamoasi qarorgohida yangi trenajor zali va ovqatlanish xonasi ayni paytda loyixalashtirilmoqda.

Yangi mavsum boshlangunga qadar klub qarorgohida, markaziy maydonda holat butunlay yaxshilanishi rejada tutilgan va yakuniga etkazilishi kutilayapti. Jamoa a’zolarini zamonaviy, ko‘rkam, ixcham, talablarga javob beradigan qarorgohlarda istiqomat qilishlari uchun harakat qilinmoqda.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram