Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

"Lokomotiv" PFK O'FA matbuot xizmatidan tushuntirish so'raydi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi rasmiy saytida (www.ufa.uz) "Samvel Babayan "Bunyodkor" kafilligi ostida O'FA Ijroqo'mi tomonidan afv etilgan" sarlavhali maqola chop etildi.
Bunda malum muddat tanaffusdan so'ng shu yilning 26 fevral sanasidan boshlab "Lokomotiv" professional futbol klubi Prezident maslahatchisi sifatida ish boshlagan Samvel Babayanning o'zbek futbolidan chetlatilgani hamda keyinchalik O'FA Ijroqo'mi ishni ko'rib chiqishi natijasida yana qaytarilgani haqida gap borgan.

Xabar bilan to'liq quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

www.ufa.uz/uz/2019/02/27/samvel-babayan-bunyodkor-kafilligi-ostida-ofa-ijroqomi-tomonidan-afv-etilgan

"Lokomotiv" PFKning etiroziga sabab bo'lgan jumla esa xabar oxirida keltirilgan. Unda shunday deyiladi: "O'FA bundan buyon Samvel Babayan O'zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo'l qo'ymaydi. Qo'shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko'rsatmaydi".

Bundan buyon Samvel Babayanning hech qaysi terma jamoada ishlashiga yo'l qo'ymasligi bu O'FAning masalasi, bunga klub aralasha olmaydi. Lekin nima sababdan xabar "Qo'shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko'rsatmaydi" degan gap bilan tugagan, "Lokomotiv" PFK shunisiga hayron.

Oxirgi gapda "Keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan "Lokomotiv" futbol klubining qaroriga..." degan joyini qanday tushunish kerak? Bu "Lokomotiv" Babayansiz o'z faoliyatini tasavvur qila olmaydi degan manoni beryaptimi? Yoki Babayansiz jamoa yo'q demoqchimi? Malumki, "Lokomotiv" futbol klubi shu paytgacha uch marta O'zbekiston milliy chempionati, uch marta O'zbekiston Kubogi hamda ikki bor O'zbekiston Superkubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan va bularning birortasida Samvel Babayanning qo'li bo'lmagan.
Bundan ko'rinib turibdiki, klub shu paytgacha Samvel Babayansiz ham o'z maqsadi yo'lida davom etgan va bugungi kunga kelib "Lokomotiv" PFK rahbariyati taklifiga binoan o'zbek futbolidagi etuk mutaxassislardan biri Samvel Vyacheslavovich klub rivojiga yanada hissa qo'shsin degan yaxshi niyatlar bilan klub Prezidenti maslahatchisi lavozimiga qabul qilindi.
Gapning ochig'i, xabar bilan tanishib chiqqan "Lokomotiv" PFK rahbariyatiga oxirgi jumla yoqmadi. "Lokomotiv" yaqqol bir kishining shaxsiy klubi emas. Bu "O'zbekiston temir yo'llari" AJga tegishli tashkilot hisoblanadi hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ homiyligi ostida turli musobaqalarda ishtirok etadi. Qolaversa "Lokomotiv" qaysidir shaxssiz tasavvur qilib bo'lmaydigan klub ham emas. O'tgan yillar ichida qancha odam ishlab ketdi, lekin poezd mudom o'z temiryo'li ustida yurgani kabi "Lokomotiv" ham o'zi tanlab olgan yo'l bo'yicha odimlashda davom etmoqda.

O'FA rasmiy saytida keltirilgan xabardan kelib chiqqan holda "Lokomotiv" PFK rahbariyati O'FA matbuot xizmatidan oxirgi jumla uchun tushuntirish berishni so'raydi hamda O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasiga ko'ra har bir inson kasbiy faoliyat yuritish huquqiga ega ekanligini eslatib o'tadi.
"Lokomotiv" PFK O'FA matbuot xizmatidan tushuntirish so'raydi

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram