Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Kuper Ummonga “syurpriz” tayyorlamoqda

Osiyo Kubogi boshlandi. Ammo ochilish uchrashuvi bo'lgan BAA – Bahrayn o'yinini ko'rolmadik.
Bu payt biz SHarjadagi ilk mashg'ulotni o'tkazayotgandik. Darvoqe, SHarja haqida. CHiroyli shahar. Mashina judayam ko'p. Yo'llar tor.Bizga OFK tomonidan ajratilgan avtobus bu yo'llardagi tiqilinchlardan arang o'tib, mashg'ulot bo'ladigan maydonga etib oldi. Ha, aytgancha, tashkilotchilar har bir terma jamoaga policiya xodimlarini biriktirib qo'yishgan. Stadionga borish-kelishda kuzatib qo'ymoqda. SHunda ham ko'chadagi mashinalar yo'l bergisi kelmaydi. Hamma qaergadir shoshiladi, birinchi bo'lib o'tib ketishga intiladi.

SHarjadagi mehmonxonada qo'riqlash xizmati qo'yilgan. Begona shaxslarni mehmonxonaga kiritishmayapti. Faqat OFK tomonidan terma jamoa azolari uchun taqdim qilingan akkreditaciyalarni ko'rsatib kirish mumkin. Bundan tashqari, har bir qavatda maxsus xizmat xodimlari tunu kun navbatchilik qilib o'tirishibdi. Mehmonxonaga kelganimizda xonalarga joylashishdan avval maxsus itlar yordamida biz joylashadigan har bir xona tekshiruvdan o'tkazildi. Xullas, musobaqa davomida har bir terma jamoa o'zini xavfsiz his qilishi uchun barcha chora-tadbirlar ko'rilgan.


OFK turnir davomida yordam berib yurishi har bir terma jamoaga koordinator biriktirgan. 24ta terma jamoaga biriktirilgan OFK koordinatorlaridan faqat 2 nafar ayol kishi bo'lib, shulardan biri bizning terma jamoa bilan ishlayapti.






Ismi Maysa. Juda ham pishiq-puxta, o'z ishini yaxshi biladigan, punktual va qatiy, sho'x-shaddod qiz. So'ragan masalalarimizni bir zumda hal qilib beradi. Ertangi rejalar bo'yicha, nimalar kerakligi haqida 4-5 marta so'rab, har safar yon daftariga yozib oladi. Musobaqa davomida BAAdan keyin O'zbekistonga muxlislik qilishga vada berdi. “BAA bilan pley-offda to'qnash kelib qolsakchi?”, - deb so'ragandik, “BAAga butun mamlakat muxlislik qiladi, men mehmonlar hurmati uchun O'zbekistonni qo'llab-quvvatlayman”, - dem muloazamat qilib qo'ydi.

O'zbekistonliklarni bu erda ko'p uchratish mumkin. Mehmonxonaga kelishimiz bilan tushlik qilgani restoranga kirdik. Bizga 3 nafar xodim xizmat ko'rsatayotgandik. Delegaciyamiz azolari ulardan birini yoniga chaqirib, apelsin sharbatini so'ray boshladi: “Please, orange juice”. Javob esa sof o'zbekcha bo'ldi: “Hozir opkelaman, oka”. Ko'rinishidan arabga o'xshaydigan bu yigit o'zimizni yurtdan ekan. Yurtdan uzoqda, begona joyda o'zbek tilida yangragan so'zlarni eshitish nihoyatda yoqimli bo'ldi.

Kechqurungi mashg'ulotlar deyarli ikki soat davom etdi. Engil mashqlardan keyin futbolchilar ikki guruhga bo'linib futbol o'ynashdi. Ushbu o'yinni tomosha qila turib, Ummonga qarshi qaysi futbolchilar asosiy tarkibda tushishini aniqlab oldik. Tarkibda kutilmagan “syurpriz” bo'lishi ham mumkin. “Mister” birinchi o'yinga qanday reja tayyorlayotgani menga qorong'u, ammo raqiblarni dovdiratib qo'ymoqchi ekani aniq. Hammasini 9 yanvar kuni bilib olamiz.

Kuper Ummonga “syurpriz” tayyorlamoqda


Yoqubjon Bobojonov, O'FA Matbuot xizmati boshlig'i
SHarja, BAAскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram