Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

Messi 2018 yilda jarimadan 9 ta gol urdi. Bunday natijani hech bir futbolchi va klub qayd eta olmagan

Kataloniya derbisida “Barselona” “Espanol”ni dog'da (4:0) qoldirdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Leo Messi jarima zarbasi orqali hisobni ochdi. Diego Lopes to'pni qaytarishga har qancha urinmasin, buning uddasidan chiqa olmadi. Ikkinchi bo'limda esa Leo undanda uzoqroq masofadan belgilgangan jarima zarbasini golga aylantirdi.

Endilikda Messining faoliyati davomida jarimadan urgan gollari 44 taga etdi (Ronalduda 53 ta). 2018 yilda u jarimadan 9 ta gol urdi. Bunday natijani nafaqat biror bir futbolchi, balki biror jamoa ham qayd eta olmagan. Messidan keyingi o'rinlarda “Levante” futbolchisi Enis Bardi (4) va “Lion” azosi Memfis Depay (3) borishmoqda.

2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Messi La ligada jarima zarbasidan 19 ta gol urdi. So'nggi besh yilda “Yuventus” futbolchilari jarimadan 18 ta gol kiritishgan. Ammo bu gollar 6 ta futbolchi tomonidan kiritilgan – Paulo Dibala (8), Miralem Pyanich (4), Andrea Pirlo (3), Karlos Teves, Pogba va Bernardeski (1). Ushbu vaqt mobaynida “Barselona” azolari jarimadan 24 ta gol urishgan (19 tasi Messi hisobida). “Yuventus” -18, “Lion”, “Real” va “Roma” -14, “Bavariya”-13.

Joriy mavsumda Leoning La Ligadagi gollari soni 11 taga etdi. Endi u to'purarlar bahsida “Jirona” hujumchisi Kristian Stuanin peshqadamlikni bo'lishib turibdi. SHuningdek, Messi Ispaniya chempionatida 13 mavsudan buyon kamida 10 tadan gol kiritayotgan ilk futbolchidir.
Messi 2018 yilda jarimadan 9 ta gol urdi. Bunday natijani hech bir futbolchi va klub qayd eta olmagan
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram