Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 
  • 09:18 – Larsen 9 million evro evaziga “Xoffenxaym”ga o'tdi 

"Xorazm" Nurmetovni o'rniga Alimovni taklif etdi

PRO-Liga qatnashchisi "Xorazm" shu kunlarda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Toshkentda olib bormoqda.
Aleksandr Ejov boshqaruvidagi Urganchning "Xorazm" jamoasi poytaxtimizdagi "Geofizika" qarorgohida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda. Jamoa kecha Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. SHuni ham alohida takidlab o'tish lozimki, urganchliklar ikki bor hisobda oldinga chiqib olishgandi. Ammo yakunda tomonlar durangga imzo chekdi.

SHu kuni "Xorazm" tarkibida bir qator yangi futbolchilar xarakat qilganini ko'rish mumkin edi. Xususan "Norin" jamoasidan taklif etilgan markaziy yarim himoyachi Akbar Murodov, "Paxtakor" yoshlar jamoasi bilan xayrlashgan 20 yoshli mahalliy futbolchi Rafik Karimov hamda Nukusning "Orol" jamoasidan hujumchi Navro'z Alimov endilikda mavsumning ikkinchi qismini "Xorazm"da o'tkazadigan bo'ldi.

Xabaringiz bo'lsa kerak, bungacha urganchliklar sharafini himoya qilib kelgan to'purar hujumchi Qadamboy Nurmetov yozgi transfer chog'ida "Andijon" jamoasiga ko'chib o'tgach, "Xorazm" ustozi oldingi chiziqni kuchaytirish maqsadida Alimovni taklif etdi.

"Xorazm" Nurmetovni o'rniga Alimovni taklif etdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram