Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

Otamendi Umid Ahmadjonovga taklif bilan chiqdi

2017 yilning 12 sentyabr kuni O'zbekiston futbol Associaciyasiga yangi rahbariyat tayinlanganidan so'ng, o'zbek futbolida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib, O'zbekistonda sportning futbol turini rivojlantirish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi hamda amaliyotga tatbiq qilinmoqda.
Ayni paytda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice prezidenti hisoblangan Umid Ahmadjonov tomonidan Ispaniya, Franciya, Italiya, Belgiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, BAA davlatlari futbol federaciyalari bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi.

Belgiyalik mutaxassilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib O'zbekistonda futbolni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. SHaxsan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax, Osiyo Olimpiya kengashi Prezidenti SHayx Ahmad al-Fahad al-Sabax O'zbekiston MOQ prezidentining taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi.

SHuningdek, 2026 yilda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati mezbonlari Kanada, AQSH va Meksika futbol federaciyalari prezidentlari bilan Dubayda uchrashuv tashkil qilindi. O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixida birinchi marta Urugvay, Marokash, Senegal kabi FIFA reytingida yuqori o'rinlarda turuvchi terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. SHaxsan Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan Real Madrid Foundation Clinic dasturi doirasida ispaniyalik mutaxassislar 16 kun davomida o'zbekistonlik murabbiy va futbolchilarga master klasslar o'tkazishdi.

Qisqa muddatda amalga oshirilgan ijobiy ishlar natijasida o'zbek futboliga jahonda qiziqish paydo bo'la boshladi. Bir qator xorijlik mutaxassilar ushbu urinishlar yuqori baholab etirof etishdi.

Jumladan, ushbu say-harakatlarning samarasi o'laroq, 2018 yilning 19 iyun kuni Butunjahon Futbol Sammiti direktori O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonovni joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari Ispaniya poytaxti Madridda bo'lib o'tadigan navbatdagi Xalqaro futbol Kongressiga taklif etdi.

Ushbu futbol Kongressida o'tgan yili 70 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 2000 dan ziyod futbol sohasi vakillari ishtirok etishgan. Bu yilgi Kongressdan ishtirokchilar sonining oshishi kutilmoqda. Ishtirokchilar orasida Jahonning eng kuchli klublari, futbol ligalari, Xalqaro federaciyalar va associaciyalar, dunyoga mashhur OAV hamda kompaniyalarning vakillari ishtirok etishadi.

Marian Otamendi ushbu rasmiy taklifida MOQ prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonovning O'zbekistonda sportning barcha turlari xususan, futbolni rivojlantirish uchun qilayotgan mehnatini yuksak qadrlashini hamda Sammitga qilinadigan tashrifdan boshi osmonga etishini takidlagan.
Otamendi Umid Ahmadjonovga taklif bilan chiqdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram