Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:14 – Мойес: "Биз Луис Диаснинг трансферига яқин эдик" 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 
  • 09:19 – MYU transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi 

"Ravshan Ermatov o'yinni yaxshi boshqardi"

Xabaringiz bor, kecha bo'lib o'tgan Argentina - Xorvatiya bahsini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
O'yinda Xorvatiya 3:0 hisobida g'alaba qozondi va Messi boshchiligidagi argentinaliklar hech narsa qila olishmadi. Ravshan Ermatov o'yinni qanday boshqargani haqida sobiq hakam Xolmat Mirzaahmedov saytimiz orqali o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Ermatov va uning brigadasiga katta rahmat. Hakamlarimiz o'yinni yaxshi boshqarishdi. Eng muhimi, qo'pol xatolar kuzatilmadi. Faqat bir vaziyatda Ermatov xorvatlar futbolchisi Rakitichning oyog'ini raqib o'yinchisi bosganini ko'ra olmay qoldi. Menimcha, o'sha vaziyatda Ravshan o'yin dinamikasida edi. Lekin qolgan holatlar bo'yicha umuman etiroz yo'q".

- "Etibor bergan bo'lsangiz, jahon chempionati o'yinlarida hakamlar birdaniga sariq kartochka ko'rsatishmayapti. Ular oldin futbolchilar bilan muloqotda bo'lishyapti. Menimcha, FIFA tomonidan shunday ko'rsatma berilgan bo'lsa kerak. CHunki "sariq" berish oson, lekin uni qaytarib olish qiyin. SHu bois Ravshan Ermatov ham darrov kartochka ko'rsatmasdan oldin o'yinchilar bilan gaplashishga va tushuntirish ishlari olib borishga harakat qildi".

- "Umuman olganda o'yin juda og'ir kechdi. Bosim yuqori bo'ldi. Endi jahon chempionatida bunday uchrashuvlar ortib boraveradi. Ermatov barcha sariq kartochkalarni vaqtida va to'g'ri berdi. Agar shu orqali o'yinchilarni tinchlantirmaganida balki bahs oxirlariga kelib janjal chiqishi mumkin edi. Ermatov esa buni vaqtida payqay oldi va har ikki jamoa azolarini o'z paytida sovutishga ulgurdi. O'ylaymanki, FIFA ham Ermatov boshliq hakamlarimiz brigadasining kechagi ishini yuqori baholadi. Ularga keyingi o'yinlarda ham omad tilab qolamiz".

X.Xoliqov.
"Ravshan Ermatov o'yinni yaxshi boshqardi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram