Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Moskvada FIFAning navbatdagi kongressi o'z ishini boshladi

    Bugun Rossiya poytaxtida Xalqaro futbol federaciyalari Associaciyasi (FIFA)ning 68-kongressi boshlandi.
    Ushbu kongress kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala - 2026 yili bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun mezbonni aniqlashdan iborat. Moskva shahridagi "Ekspomarkaz"da bo'lib o'tayotgan ushbu tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, shuningdek, O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaevlar ham ishtirok etishmoqda. SHuningdek, Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin ham kongressga tashrif buyurdi va chiqish qildi.

    Malumot uchun, JCH-2026 bahslariga mezbonlik qilish uchun AQSH-Meksika-Kanada va Marokash mamlakatlari kurash olib borishmoqda. Qayd etib o'tish lozimki, bungacha xech qachon uchta mamlakatda jahon chempionati o'tkazilmagan. Mezbonlik uchun nomzodlarni tanlashda Evropa va Osiyo mamlakatlaridan nomzodlar qabul qilinmagan. CHunki, yaqinda start oladigan Mundial Rossiyada, 2022 yilgi jahon birinchiligi esa Qatarda o'tkaziladi.

    Kongress kun bo'yi davom etadi. JCH-2026 mezbonini aniqlash kun tartibining 13-masalasi hisoblanadi. SHuningdek, bugun 69-Kongressga Parij shahri mezbonlik qilishi ham rasman elon qilinishi ko'zda tutilgan. Qolaversa, ishtirokchilar JCH-2018ga tayyorgarlik, 2017 yilgi moliyaviy yakunlarga oid masalalarni ham muhokama qilishadi.

    Eslatib o'tamiz, ertaga Moskvadagi "Lujniki" arenasida jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Unda mezbon Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yinni FIFAga azo barcha Kondeferaciyalar rahbarlari qatorida Umid Ahmadjonov ham bevosita stadiondan kuzatib boradi.





    Moskvada FIFAning navbatdagi kongressi o'z ishini boshladi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram