Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Futbolchi yoki murabbiylar bilan bekor qilinayotgan shartnomalar jiddiy nazorat qilinadi

    O'zbekiston Professional futbol ligasi futbolchi hamda murabbiylar huquqlarini himoya qilish yo'lidagi ishlarni kuchaytiradi.
    Endilikda biror jamoa o'z futbolchisi, murabbiyi bilan mehnat shartnomasini bekor qilsa, ularning o'rni to'ldirilayotgan fursatda PFL eski ishchilar bilan qarzdorlik masalasi ijobiy tomonga hal bo'lmaguniga qadar, yangilarni ro'yxatdan o'tkazmaydi.

    Yaqindagina G'uzorning "SHo'rtan" klubi bosh murabbiy Asror Aliqulov bilan shartnomani bekor qilib, uning o'rniga Yorqin Nazarovni ro'yxatni o'tkazishni istagandi. Ammo PFL Aliqulov bilan bog'liq qarzdorlik masalasi ochiqlanmaguniga qadar, "SHo'rtan"ning yangi bosh murabbiyi masalasini ochiqligicha qoldirdi.

    Keyinroq Asror Aliqulov va "SHo'rtan" o'rtasidagi qarzdorlik masalasi to'liq hal etilib, G'uzor klubi 15 avgustga qadar barcha qarzdorlikdan qutilish borasida kafolat xati tayyorlaganidan keyingina, yangi mutaxassis rasman ish boshlashiga ruxsat etildi. Ish hozircha PFL nazoratida, Aliqulov bilan davom etib kelayotgan qarzdorlik 15 avgustdan kechiktirilsa, "SHo'rtan"ga nisbatan sankciyalar boshlanadi.

    SHuningdek, Viktor Kumikov hamda uning yordamchilari bilan shartnomani bekor qilgan AGMK klubi ham qarzdorlik masalasi borasida PFLga tushuntirish berdi. Har ikki holatda ham PFL o'z vazifasidan ozod etilgan murabbiylar bilan aloqaga chiqdi. AGMK Kumikov bilan bog'liq ishni deyarli hal qilib bo'lgan. Belgilangan vaqtda masala to'liq echimini topmasa, Kumikov bizga shikoyat qilish huquqiga ega. Ish kechiktirilmasdan ko'rib chiqiladi.

    Ayni vaqtda bir necha yillik qarzdorlik masalalari bo'yicha qator futbolchi hamda murabbiylar shikoyat arizalari bilan murojaat qilgan. Bu birinchi navbatda futbolchi va murabbiylar o'z haqini talab qila olmasligidan, ikkinchi tomondan ularning haq-huquqlari etarli darajada taminlanmaganidan dalolat beradi. PFL bosqichma-bosqich bu kabi masalalarni tartibga soladi. Bu kabi ishlar FIFAga qadar etib borishini yoki futbolchilar, murabbiylar yillar davomida o'z haqini ololmay yurishini kutish shart emas.

    Qolaversa, bir qancha klublar legioner futbolchilar bilan ishlash borasida qator xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan. Oqibatda ish FIFAga qadar etib borgan. Bunday ishlarning bir qanchasi haligacha osilib turgani hunuk holat. Endilikda klublar futbolchilar, murabbiylar va ishchi-xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga jiddiy etibor qaratishi shart. Bu ishga engil ko'z bilan qaraydigan klublarga qarshi ish olib boriladi.

    O'z navbatida shartnomasi tugatilayotgan futbolchilar yoki murabbiylarning sobiq klubiga qarshi etirozi bo'lsa, masala hali issiq vaqtidayoq PFLga murojaat qilish tavsiya etiladi. Klubning og'zaki vadalariga ishonib, bir necha yillardan buyon haqini ololmay yurgan futbolchilar ham hayotga kengroq ko'z bilan qarashi, o'z haq-huquqlarini bilishi kerak.

    Bu kabi masalalar yillar davomida echimsiz yotaversa, muammoni hal qilish shunchalik qiyin bo'ladi. Temir qizig'ida bosilsa, hech bir tomon norizo bo'linmaydigan echim topish ham osonroqdir. CHunki klublarda rahbarlar almashib turishi oddiy bir holat. Yangi rahbariyatning eski ishlarni "tozalab" yurishi ham chiroyli ish emas. Hamma narsa o'z vaqtida bo'lgani yaxshi.

    P.S. Ayni vaqtda "Buxoro" futbol klubi safida to'p surgan ikki nafar legioner futbolchi bilan ham shartnomalar tugatilgan. SHundan kelib chiqib, "Buxoro" futbol klubi hozirdanoq ular bilan bog'liq masalani ochiqlashi talab etiladi. Transfer oynasi vaqtida "Buxoro" navbatdagi yurishlarni amalga oshirishi uchun, avval ortda qolgan ishlarni tartibga solgan bo'lishi lozim. Yo'qsa, "Buxoro" yangi nomlarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

    Futbolchi yoki murabbiylar bilan bekor qilinayotgan shartnomalar jiddiy nazorat qilinadi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram