Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    David Trezege: "Franciya terma jamoasini boshqarish uchun Zidanda tajriba etarli"

    Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege Zinedin Zidanning milliy jamoada ishlash ehtimoli haqida fikr bildirdi.
    - Franciya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshingiz Zidanga chetdan qarab nimalarni o'ylaysiz, buyuk futbolchi buyuk murabbiyga aylandimi? Bu sportda kamdan-kam xolatlarda yuz beradi.

    - Ha, to'g'ri. Zidanning omadi keldi deyish mumkin: U hammasi oydin bo'lgan vaziyatga tushib qoldi. Birinchidan, "Real" prezidenti bilan yaqin munosabatlar Zidanga jamoada ishlash imkoniyatini berdi.

    Ikkinchidan, klubdagi futbolchilarning saviyasi yuqori bo'lishiga qaramay, Zidan jamoaga o'z g'oyasini singdira oldi. Benitesni hech kim tushunmadi, Zidanni esa tezda qabul qilishdi. SHu sababli jamoaning darajasi o'sganidan hayron bo'lmadim.

    - Zidan CHemiponlar ligasidagi ketma-ket uchinchi g'alabadan so'ng jamoani tashlab ketishi sizni hayron qoldirmadimi?

    - Bu prezident bilan muhokama qilinib, uzoq o'ylab qabul qilingan qaror.

    - Butun dunyo shokka tushdi.

    - Bu normal xolat deb o'ylayman, chunki jamoa yutib turganidan doimo shunday bo'lishini istab qolasiz. Odatda uch marta CHempionlar ligasida g'olib bo'lgan murabbiy klubdan ketmaydi. Biroq, taxminimcha, Zidan ham bu borada o'ylab qolgan. 3ta muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng "Real" futbolchilarini yana ruxlantirish, jamoada o'zgarishlar kerakligini tushungan Zidan ketishga qaror qildi. Biroq klub eshiklari doimo u uchun ochiq.

    - Zidanni Franciya terma jamoasi ustozi sifatida tasavvur qila olasizmi?

    - Nega endi yo'q? U shabhasiz yuqori saviyali murabbiy. Terma jamoani shug'ullantirish uchun strategiyani aniq tushunish va o'ylangan g'oyani tezda qo'llash qobiliyatiga ega bo'lish kerak. Zidanda tajriba etarli deb o'ylayman.
    David Trezege: "Franciya terma jamoasini boshqarish uchun Zidanda tajriba etarli"
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram