Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Ekspert tahlili: Eron

    Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasi JCH-2018 musobaqasida "o'lim guruhi"dan joy olgan. Forslar guruhdan chiqish uchun Ispaniya, Portugaliya, Marokash kabi kuchli jamoalarga qarshi bahs olib borishadi.
    SHunga qaramay, eronliklar bu jamoaga befarq bo'lmaganlarni optimist bo'lishga undamoqda. Eron terma jamoasi iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan. Tarkibning bir nechta azolari Evropa klublarida faoliyat olib boryapti. Qolaversa, terma jamoaning bosh murabbiyi nihoyatda katta obro'ga ega Karlush Keyrush hisoblanadi.

    OFK sayti Eron terma jamoasining eksperti sifatida 20 yildan beri futbolni yoritib kelayotgan Pejman Rahbarga murojaat etdi.

    - Eronni navbatdagi jahon chempionatida nima kutmoqda?
    - Harakat qilib guruhdan chiqsa bo'ladi. Bu juda qiyin guruh. Ispaniya va Portugaliya bilan bellashish oson bo'lmaydi. Bizni saralash bosqichidan ham murakkab o'yinlar kutmoqda.

    - Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
    - Eng keraklisi bu omad. 2006 yilgi JCHda biz eng oson uchrashuvni Angolaga qarshi o'tkazgandik. Lekin bu guruhdagi eng oxirgi bahs bo'lgandi. Agar Angola bilan 1-turda o'ynaganimizda o'ylaymanki, keyingi bellashuvlar birmuncha oson kechardi. Jahon chempionatida eng yoqimsiz narsa bu birinchi turdayoq kuchli raqib bilan o'ynashing. Hozir hammasi Marokashga qarshi qanday natija ko'rsatishga bog'liq.

    - Qaysi futbolchi hammaning diqqat-markazida bo'ladi?
    - Mehdi Taremi bo'lishi mumkin, lekin uni jarohat qiynayapti. Agar Keyrush tuzayotgan tarkibdan kelib chiqsak, Alirizo Jahonbaxsh birinchi raqamli futbolchi bo'ladi. SHuningdek, Sayid Izzatullohi bilan Sardor Azmunni ham yoddan chiqarmaslik lozim.

    - Qaysi jahon chempionati ko'proq yodingizda qolgan?
    - Eng esda qolgani 1998 yil AQSHni 2:1ga yutganimiz hamda 2014 yil Argentina bilan o'yin.

    - O'tmishda o'ynaganlardan kim hozirgi jamoaga mos tushgan bo'lardi deb o'ylaysiz?
    - Hozirgi jamoaga yaxshi tayanch yarim himoyachisi etishmayapti. Agar bu jamoada Javod Nekunam bilan Andranik Teymuryan bo'lganida umuman muammo qolmasdi. 1998 yilgi tarkibdan esa Karim Bageri, Nadir Muhammadxani va Mehdi Mahdavikiya juda mos tushgan bo'lardi.

    - Sizningcha, Eronning asosiy tarkibi qanday ko'rinishda bo'ladi?
    - 4-3-3 sxemasidan foydalansak kerak. Darvozabon: Alirizo Beyranvand. Himoya: Ramin Rizoiyan, Mortaza Puraliganji, Ruzbeh CHeshmi, Milad Mohammadi. Yarim himoya: Sayid Izzatullohi, Ehsan Hajsafi, Masud SHojayi. Hujum: Sardor Azmun, Mehdi Taremi, Alirizo Jahonbaxsh.

    - Guruh o'yinlarida taxminingiz?
    - To'g'risi, men sehrgar emasman va taxmin qilishni yoqtirmayman. SHu paytgacha taxmin qilmagan ham. Faqat shuni aytishim mumkin, Marokash bilan o'yinda Keyrush tanlaydigan taktika juda muhim rol o'ynaydi. Agar 1-turda g'alaba qozona olsak, keyingi ikki bellashuvda istalgan narsa yuz berishi mumkin.
    Ekspert tahlili: Eron
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram