Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    G'irrom yo'lga kirib qolgan futbolchilarga muborak oy yakuni arafasida qaytadan imkon beriladi

    SHu yilning 5 yanvar kuni O'zbekiston futbol Associaciyasi Ijroqo'mi byurosining qarori bilan besh nafar futbolchi futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi.
    Muborak Ramazon oyi yakuni hamda Hayit ayyomi arafasida O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov o'z aybini tushinib etgan bu futbolchilarga yana bir bor imkoniyat berish maqsadida Ijroqo'mga tashkilot ustavining 65-modda 1.2-bandiga asosan aybdor deb topilganlar masalasini qaytadan ko'rib chiqish taklifini berdi.

    O'FA rahbariyati futboldagi eng yomon illatlardan biri — futbolchilar yoshini kichiklashtirish masalasiga jiddiy etibor qaratadi. Aynan shu masala yuzasidan aybdorligi aniqlangach, Nodirbek Teshaboev, Muhammadjon Abdullaev, Nuriddin Hasanov, Dilshod Ahmadaliev, Burxon Hasanov kabi futbolchilar Ijroqo'm qarori asosida futboldan chetlashtirildi. O'tgan davr mobaynida ulardan aksari o'z aybini tushunib etdi, hujjatlar bilan bog'liq masalalarni to'g'riladi. SHuningdek, tashkilotga bir necha bor xat bilan chiqib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi.

    "Hayotda hamma xato qiladi, buni tushunish mumkin. Biroq bitta xatoni ikki bor qaytalashni tushunib bo'lmaydi. Futboldan chetlashtirilgan yigitlar hali ancha yosh. Ular xato yo'lga kirganini tushunib etdi. Mamlakatimiz Prezidenti bilmay ayb ish qilayotgan minglab insonlarni afv etayotgan bir vaqtlarida, biz ham tushunib-tushunmay noto'g'ri ishga qo'l urgan futbolchilarga yana bir bor imkon berishimiz kerak. Endi ular g'irromlik nima ekanini yaxshi tushunadi. Buyog'iga ulardan o'zini sportga bahshida etib, yuqori cho'qqilar sari intilish talab etiladi", — dedi Umid Ahmadjonov.

    Tez orada O'FA Ijroqo'mi bu masalani atroflicha o'rganib chiqadi hamda uzoq vaqt davomida boshqa ism-sharif bilan “nom qozongan” yigitlarga, o'zlarining haqiqiy ism-shariflari bilan faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatini yaratadi.

    O'FA, shuningdek, futbol sohasidagi barcha murabbiylarni, mutaxassislarni jiddiy ravishda ogohlantiradi. Bundan buyon bu kabi ishlarga qarshi kurash yanada jiddiy bo'ladi. Ayniqsa, yosh bolalarni va ularning ota-onasini yo'ldan urmoqchi bo'lgan yoki allaqachon ularning xayolini aynitib bo'lgan murabbiylar kechirilmaydi. Bunday insonlar futbolga qayta yaqinlashtirilmaydi. SHuningdek, farzandi katta ekanini bilib turib, uning kichik bolalarga qarshi to'p surishiga shunchaki tomoshabin bo'lib turgan ota-onalar ham jazodan chetda qolmaydi. Bolasining hujjatini soxtalashtirayotgan ota-onalar qonun oldida javob berishlariga to'g'ri keladi. Yani, O'FA bu masala yuzasidan tegishli organlar bilan hamkorlikda ishlaydi.

    "Yillar davomida o'smirlarimiz qo'lga kiritib kelgan yutuqlarga shubha bilan qarashimizning o'ziyoq uyat. Biz nafaqat bolalar futbolini, balki o'zimizni aldab kelganmiz. Bizda bolalardan natija talab qilinmaydi, biz katta futboldan natija kutamiz. Bolalar sportini esa sofligicha qoldirish tarafdorimiz. O'z navbatida mana shu soflikka rahna soladigan insonlarga oramizda joy yo'q", — deb fikr bildirdi O'FA birinchi vice-prezidenti.

    Tashkilot faqatgina jazo qo'llash ishlari bilan band bo'lmaydi va bunday illatni yo'q qilish yo'lida amaliy usullardan ham foydalanadi. 2019 yildan boshlab bolalar futbol klublari tarbiyalanuvchilarini yaxlit elektron bazaga bosqichma-bosqich kiritib borish boshlanadi. Yani, maktab yoshidagi futbolchi haqida barcha malumotlar, shu futbolchi to millionlar o'yini bilan xayrlashmaguniga qadar yangilanib turadi. Bu esa 14—15 yoshli yangi futbolchining birdan "paydo bo'lib qolishi" holatlarini kamaytiradi. Yani, nazorat maktab yoshidanoq boshlanadi.

    Yaxlit elektron bazadan istalgan odam Superliga, Pro-Liga, 2-liga, bolalar ligalari futbolchilarini topishi mumkin bo'ladi. SHu holatdan keyin ham futbolchilar yoshini kichiklashtirishga harakat davom etsa, buning ortida turgan kishilarga shafqat qilinmaydi.

    "Hali ham kech emas, hammasini qaytadan, to'g'ri yo'lda boshlash uchun vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham etarli. Bir necha oylar davomida sevimli kasbidan uzoqda bo'lgan futbolchilar, qolganlarga o'rnak bo'lsin. Zero, keyingi aybdorlar kechirilmasligi ham mumkin. Qaytadan imkoniyat berilayotganlardan esa faqat va faqat yuqori marralarni umid qilib qolamiz. Endi ularda o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi", — deya fikrini yakunladi Ahmadjonov.

    O'FA Ijroqo'mining qarori tez orada elon qilinadi.
    G'irrom yo'lga kirib qolgan futbolchilarga muborak oy yakuni arafasida qaytadan imkon beriladi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram