Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Anvar Berdiev yubiley 500-bahsini o'tkazdi

    Superliganing 15-turida “Neftchi” o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi.
    Mazkur o'yinda farg'onaliklarning afsonaviy futbolchisi Anvar Berdiev faoliyatidagi rasmiy 500-bahsida ishtirok etdi. SHu vaqtga qadar tajribali hujumchi O'zbekiston chempionatlarida 499 ta uchrashuvda ishtirok etgandi.

    Aytish kerakki, futbolchi mazkur o'yinlarning ko'plab qismini qadrdon jamoasi bo'lmish, “Neftchi” safida o'tkazgan hamda o'zining to'purarlik salohiyati, bektakror o'yinlari bilan nafaqat farg'onalik, balki butun o'zbekistonlik muxlislarning qalbidan o'chmas iz qoldirdi.

    40 yoshli hujumchining 500-bahsi “o'zbek el-klassikosi” hisoblanmish “Paxtakor”ga qarshi bahsga to'g'ri keldi. Hujumchi mazkur o'yinda zahiradan maydonga tushdi va “Neftchi” uchun muhim bo'lgan golga mualliflik qildi. O'yindan so'ng stadionda futbolchini jamoadoshlari 500 raqami tushirilgan futbolka bilan tabriklashdi.

    Fursatdan foydalangan holda, “Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, xodimlar va jamoa muxlislari nomidan Anvar Berdievni mazkur yubiley bahsi bilan tabriklaymiz!
    Anvar Berdiev yubiley 500-bahsini o'tkazdi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram