Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Bahrom Haydarov: “Neftchi”ni yaxshi kunlar kutmoqda”

    “Neftchi” – “Paxtakor” (1:1) bahsidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi
    - O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va bahs mana shunday kechishini bilardik. “Paxtakor” bilan bahsda gol urish uchun baribir imkoniyat yuzaga kelishi muqarrar edi. Biz aynan mana shuni kutdik va vaziyatdan foylandik. So'zim boshida, darvozabonimiz Abdumavlon Abdujalilovga alohida rahmat aytmoqchiman. Nafaqat darvozabonga, balki bugun jamoamizning bugungi o'yinlari uchun minnatdorman. Yigitlar hozirgi paytda klub ichidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, baribir professional futbolchi sifatida o'z kasbiga sodiq qolib, maydonda borini berib o'ynashmoqda. “Paxtakor”ni yutishni juda xohlagandik. So'nggi daqiqalardagi gol juda alamli bo'ldi. Biroq hozirgi holatimizdan kelib chiqsak, “Paxtakor” bilan durang yomon natija emas deb o'ylayman. Mana shunday muhim bahsda o'rinbosarlar jamoasidan yana bir qancha yosh yigitlar Superligada debyut qilishdi. So'nggi yillarda “Neftchi”ning yoshlar borasida olib borayotgan siyosati o'z mevasini bermoqda. Tarkibimizning asosiy qismi yoshlar jamoasidan etishib chiqqan yigitlar sanaladi. SHodiyor Xojimatov va Mirjamol Nematov singari o'rinbosarlar jamoasi vakillari ilk bor Superligada debyut qilishdi va ilk bahs uchun yomon o'yin ko'rsatishmadi. Undan tashqari Doston Tursunov va Husniddin G'ofurovlar bugun malum sabablarga ko'ra bahsda ishtirok eta olishmadi. Mazkur o'yinchilar ham “Neftchi”ning tarbiyalanuvchilari sanaladi. Anvar Berdiev bugun 500-o'yinini o'tkazdi. Uni tabriklab qolaman. Hali Berdievning maydonda va uning tashqarisida yoshlarga beradigan saboqlari bizga juda kerak. To'g'ri “Neftchi”ning hozirgi holati havas qilarli darajada emas. Biroq muxlislarga shuni ishontirib ayta olamanki, bu kunlarning tugashiga ham oz qoldi va barchasi yaxshi bo'ladi. Mehnat qilishda davom etamiz va “Neftchi” jamoasini bunday qiyin vaziyatdan chiqib ketishiga to'liq ishonaman. SHu qatori muxlislar ham jamoani ijobiy kunlar kutayotganiga ishonishlarini xoxlardim. Hammasi shundayligicha qolib ketmaydi. Xar birimiz yaxshi ko'ramiz “Neftchi”ni! Men xam “Neftchi” jamoasini muxlisiman, futbolchilar ham. Yana bir narsani takidlashni istardim, o'sha biz kutgan yaxshi kunlar kelishini hamma istashi kerak. Umid qilamanki, qilayotgan mehnatlarimiz albatta ertaga o'z mevasini beradi.



    Anvar Berdiev: “Neftchi” - “Paxtakor” bellashuviga o'yinchilarni futbolchi sifatida alohida tayyorlashni keragi yo'q. SHundoq ham bu azaliy qarama-qarshilikka sportchi katta shijoat bilan chiqadi. Avvallari ham “Paxtakor” – “Neftchi” o'yini “o'zbek el klassikosi” sifatida keskin ruhda kechardi. Bugun ham shunday bo'ldi. Bahs uchun yigitlarga rahmat. Borini berib o'ynashdi. Hozir “Paxtakor”ni qanday kuchga ega ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. SHundan kelib chiqib, debyutant o'yinchilar bilan jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etdi. Ochig'i, yutishni juda istagandik. Biroq biroz omad etishmadi. Stadionga kelgan muxlislarga katta rahmat. Garchi natijalar yoqimsiz bo'layotgan bo'lsada, o'z sodiqliklarini ko'rsatib stadionga tashrif buyurishmoqda. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. “Neftchi” jamoasini bu vaziyatdan olib chiqib ketishimizga ko'zimiz etadi.
    Bahrom Haydarov: “Neftchi”ni yaxshi kunlar kutmoqda”
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram