Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 10:50 – Ronaldu eng kuchlisimi? Afsonaviy futbolchilar A Seriyadagi faoliyatini qanday boshlagan? 
  • 10:49 – Solari Marseloni asosiy tarkib uchun kurashishga chaqirdi 
  • 10:17 – Zaa “Borussiya Dortmund”ga o'tishi mumkin. 
  • 10:17 – “Atletiko Madrid” futbolchisi “Monako”ga o'tadigan bo'ldi 
  • 10:16 – Verattining qancha muddat maydonga tusha olmasligi malum bo'ldi 
  • 10:06 – “Manchester Siti” o'z rekordini yangiladi 
  • 10:06 – Neymar jarohat oldi 
  • 10:02 – Franciya liga kubogi. PSJ g'alaba qozondi, “Monako” esa musobaqani tark etdi 
  • 10:01 – Angliya liga kubogi. “Manchester Siti” “Berton”ni javob o'yinida ham yutdi 
  • 10:00 – Ispaniya kubogi. Messisiz “Barselona” “Sevilya”ga yutqazib qo'ydi 

SHota Arveladze: “Superligada oson o'yin yo'qligiga yana bir bor amin bo'ldim”

“Neftchi” – “Paxtakor” bahsidan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirib o'tdi
- Bahsga doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Balki jamoamiz safidagi bir qator o'yinchilarda xorij yig'inlaridagi charchoq alomatlari sezilgandir. O'yin qiziqarli o'tdi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanib gol urishimiz darkor edi. Bahsdan shunday xulosaga keldimki, Superligada oson o'yin yo'qligiga yana bir bor amin bo'ldim. Hozir uch ochkoni xech kim “sovg'a” qilib bermaydi. Raqibning yosh tarkibini bugungi natija bilan tabriklashni istardim. “Neftchi”ning yosh o'yinchilari bugungi bahsda katta hajmdagi ishni bajarishdi va natijada o'zlarining ulkan hissalarini qo'shishdi. “Paxtakor” navbatdagi bahslarga etibor qaratadi va endi yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish borasida ko'proq ishlaymiz

- Bugun “Paxtakor” raqibni pisand qilmadimi yoki “Neftchi” raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatdimi?

- Bugun “Neftchi” jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Raqibni mensimadik degan fikrdan yiroqdaman. O'ylashimcha, farg'onaliklar xar bir bahsda mana shunday kuchli o'yin ko'rsatishadi. Bu birinchisi emas. Futbolda yaratilgan vaziyatlardan foydalanish kerak. “Neftchi” misolida aytamanki, raqib bitta vaziyatdan aniq foydalandi va gol kiritdi. - dedi SHota Arveladze
SHota Arveladze: “Superligada oson o'yin yo'qligiga yana bir bor amin bo'ldim”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram