Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Andrey Fyodorov: "Rashidovning agenti yangi jamoa qidirmoqda"

    O'zbekiston Superligasi 15-turi doirasida "Lokomotiv" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Nivaldo qatnashdi.
    - Birinchi navbatda yigitlarga chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun rahmat aytaman. O'tkazib yuborilgan goldan keyin ular o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Ular xarakter ko'rsata olishdi va g'alabani qo'lga kiritishdi. Bir necha yillardan buyon chiroyli o'yin ko'rsatib, yuqori natijalar qayd etayotgan jamoaga ham ruhiy yuklama tushadi. Buni yomon holatga yo'yib bo'lmaydi. OCHLni guruh bosqichidanoq tark etganimizdan keyin ham ruhiy tomondan cho'kib qolmayapmiz. To'g'ri, ayrim vaziyatlarda futbolchilar asabiylashib ketmoqda. SHu boisdan ko'plab vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Yigitlar o'tkazib yuborilgan goldan keyin oldilaridagi to'siqni olib tashlagani uchun rahmat aytaman.
    Andrey Fyodorov: "Rashidovning agenti yangi jamoa qidirmoqda"

    Barcha ishlarni birgalikda bajaryapmiz, natijaga men javob beryapman. O'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'zimiz istagan, "Lokomotiv" darajasiga to'g'ri keladigan, jamoa o'yinlarini kuchaytira oladigan futbolchilarni topishimiz kerak.

    Rashidovning agenti yangi jamoa qidirmoqda, boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Hozirdanoq uni "Lokomotiv"dan ketadi deya olmayman. U biz bilan yig'inlarga boradi. Sardorning o'yinlaridan ko'nglim to'lmoqda. Uni yanada qattiqroq tayyorlashimiz lozim, shuningdek, uning o'zida ham intilish bo'lishi kerak. Uning o'yinlaridan zavq olsa bo'ladi. Uning agenti boshqa jamoa qidirmoqda, biroq hozirda u "Lokomotiv" futbolchisi.

    20 iyunda Belorusga uchib ketamiz va uchta o'yin o'tkazamiz. U erdan kelib, chempionatga tayyorlanamiz.



    Nivaldo: "Bunday raqiblar bilan o'yinlar og'ir o'tadi. Jamoa futbolchilarida xarakter bor, shu boisdan har doim g'alabani xohlaymiz.

    Kam gol uryapman? CHunki kam o'ynayapman, jarohat oldim, diskvalifikaciya qilindim. O'yin amaliyoti kam bo'lganligi uchun ritmdan chiqib ketdim. Endi hammasi yaxshi bo'ladi deb umid qilaman"скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram