Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:11 – Arveladzedan kutilmagan yurish yoxud "Paxtakor"ning transfer kompaniyasi haqida 
  • 14:09 – "Navbahor" ikki legionerga javob berdi 
  • 14:08 – Kevin-Prins Boateng: El-klasikoda gol urishga umid qilaman 
  • 14:07 – "Napoli" prezidenti Karlo Anchelotti bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlamoqda 
  • 13:59 – AGMK bugun Dubayda yig'inni boshlaydi 
  • 13:42 – "Barselona" De Yongni eng qimmat gollandiyalik futbolchiga aylantirishi mumkin 
  • 09:49 – Emiliano Sala samolyotdan ovozli xabar yubordi: “Hozir u qulab ketadi, qanday dahshat” 
  • 09:48 – “Real” Eriksen uchun Xamesni berishga tayyor 
  • 09:48 – ​Demba Ba Turkiyaga qaytdi 
  • 09:47 – Ikardi shu haftadayoq “Inter” bilan yangi shartnoma tuzadi 

Ignatiy Nesterov yubiley 400-uchrashuvini o'tkazdi

Mahoratli darvozavbon – Ignatiy Nesterov futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatlari yuqori divizionida yubiley – 400-uchrashuvini o'tkazdi.
Superliga 13-tur uchrashuvlari doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan bahs Nesterov uchun yubiley o'yin sifatida futbolimiz tarixiga kirdi.

17 yoshida debyut o'yinini o'tkazgan Ignatiy Nesterov 400lik marrani zabt etgan dastlabki darvozabonga aylandi. U 400 ta o'yindan 215 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Tajribali darvozabon shu paytga qadar hakamlar tomonidan 12 marta ogohlantirilgan. SHuningdek, bir marta qizil kartochkaga ham “loyiq ko'rilgan”.

Takidlash joizki, Ignatiy Nesterov hozirga qadar “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009– 2013) jamoalari sharafini himoya qilgan. 2014 yildan boshlab esa “Lokomotiv” darvozasini qo'riqlab kelmoqda.

Superliga 15-turi doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv” – AGMK uchrashuvi starti oldidan Ignatiy Nesterovga Professional Futbol Ligasi tomonidan maxsus esdalik sovg'asi topshirildi.
Ignatiy Nesterov yubiley 400-uchrashuvini o'tkazdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram