Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    OFK Ijroqo'mining Toshkentdagi yig'ilishi 26 sentyabr kuni o'tadigan bo'ldi

    OFK Ijroqo'mi yig'ilishi oktyabr oyida Toshkentda o'tishi malum qilingandi.
    Hozirgina olingan malumotga ko'ra, OFK ijroiya qo'mitasi vakillarining uchrashuvi yanada ertaroq — 26 sentyabrda o'tadigan bo'lgan.

    Rossiya poytaxti Moskvada bo'lib turgan O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur sanaga qadar barcha tashkiliy ishlar hal bo'lishi yuzasidan OFK prezidenti SHayx Salmon bilan fikr almashgan.

    Qayd etish kerak, ayni paytda futbol olamining barcha mashhur shaxslari JCH—2018 ochilishi arafasida Moskvada bo'lib turibdi. Ular 12—13 iyun kunlari FIFA kongressida ishtirok etadi, 14 iyun kuni esa Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirokida o'tadigan mundialning ochilish o'yiniga bu mehmonlar tashrif buyuradi.

    OFK Ijroqo'mi yig'ilishi Toshkent uchun tarixiy voqeadir. Qita futbolining eng oliy mehmonlarini qabul qilish O'FAga ishonib topshirilgani, OFK prezidentining O'zbekistonga bo'lgan ishonchini ko'rsatib turibdi, deyish mumkin.

    O'z navbatida, O'FA ham bu qarorga bejizga kelgani yo'q. Tashkilot rahbariyati almashgach, SHayx Salmon poytaxtga kelib, Umid Ahmadjonov bilan uchrashgandi. O'shanda tomonlar kelasi yilning yanvar oyida Amirliklarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi davomida O'FA vakillarining malaka oshirishlari, tajriba almashishlari bo'yicha hamkorlikka kelishib olgandi. Undan oldinroq OFK miqyosidagi katta tadbirning Toshkentda o'tishi esa aynan O'FA xodimlari uchun maktab vazifasini o'tab beradi. SHuningdek, OFK hamda O'FA o'rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo'lida navbatdagi qadam vazifasini o'tab beradi.
    OFK Ijroqo'mining Toshkentdagi yig'ilishi 26 sentyabr kuni o'tadigan bo'ldi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram