Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 23:14 – Karikatura: Azar hamon "Real" uchun o'ynash fikridan qaytmayapti 
  • 18:12 – Qidiruv jamoasi Sala o'tirgan samolyot qoldiqlarini topdi 
  • 18:11 – Ronaldu Allegri bilan bahsda mag'lub bo'ldi 
  • 14:11 – Arveladzedan kutilmagan yurish yoxud "Paxtakor"ning transfer kompaniyasi haqida 
  • 14:10 – Osiyo Kubogi-2019. Ravshan Ermatov ertaga video assistent referi bo'ladi 
  • 14:09 – "Navbahor" ikki legionerga javob berdi 
  • 14:08 – Kevin-Prins Boateng: El-klasikoda gol urishga umid qilaman 
  • 14:07 – "Napoli" prezidenti Karlo Anchelotti bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlamoqda 
  • 13:59 – AGMK bugun Dubayda yig'inni boshlaydi 
  • 13:42 – "Barselona" De Yongni eng qimmat gollandiyalik futbolchiga aylantirishi mumkin 

Janni Infantino Toshkentga keladi va O'FAning yangi binosiga ilk g'ishtni qo'yib beradi

Futbol bo'yicha jahon chempionati starti oldidan, bugun Rossiya poytaxtidagi "Kempinski otel" mehmonxonasida Osiyo futbol Konfederaciyasining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda FIFA Prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, bu yilgi Mundialda qitamiz sharafini beshta terma jamoa - Eron, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Avstraliya termalari himoya qilishadi. Bugungi yig'ilishda FIFA Prezidenti Janni Infantino, qolaversa Osiyo futbol Konfederaciyasi rahbari SHayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa jahon chempionatida ishtirok etuvchi Osiyo terma jamoalari va hakamlarga omad tiladi.

Jumladan, Janni Infantino yig'ilish davomida shunday dedi: "Osiyoda futbol jadallik bilan rivojlanib boryapti. Umid qilamanki, bu yilgi musobaqada Osiyo terma jamoalari ham o'zlarini har tomonlama ko'rsata olishadi. Qolaversa, ayni paytda Osiyoda hakamlik sohasi ham ancha rivojlangan. So'nggi yillarda ushbu qitadan bir qator kuchli referilar etishib chiqdi. Jahon chempionatining final bosqichida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi ham bugungi kunda aynan Osiyolik hakam Ravshan Ermatov bo'lib turgani ham fikrimga isbot bo'la oladi".

Eslatib o'tamiz, jahon chempionatida Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada ham ishtirok etadi. SHuningdek, o'zbek futboli tarixida ilk marotaba Alim Arifov jahon chempionatida komissar vazifasini bajaradi.

Yig'ilishdan so'ng MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashdi. MOQ rahbari mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida FIFA Prezidentiga so'zlab berdi. O'z navbatida, jahondagi eng qudratli sport tashkilotlaridan birining rahbari Infantino ham o'zbek sportida ro'y berayotgan o'zgarishlarni yuqori baholadi va yaqin orada shaxsan o'zi Toshkentga tashrif buyurishini va o'zgarishlarni bevosita kuzatishini takidlab o'tdi.



Rejaga ko'ra, shu yilning o'zida "Milliy" stadion (sobiq "Bunyodkor") hududida O'zbekiston futbol associaciyasi uchun yangi bino qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Binoga birinchi g'ishtni aynan FIFA prezidenti Janni Infantino qo'yib berishi kutilmoqda. Demak, shu yil yakuniga qadar FIFA rahbari Toshkentga tashrif buyuradi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 14 iyun kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida boshlanadi. Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan ochilish uchrashuvini MOQ Prezidenti va O'FA birinchi-vice prezidenti Umid Ahmadjonov ham bevosita stadiondan kuzatib boradi.
Janni Infantino Toshkentga keladi va O'FAning yangi binosiga ilk g'ishtni qo'yib beradi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram