Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 09:45 – Yoaxim Lev kechagi o'yinga triller tarifini berdi 
    • 09:42 – SHveciya bosh murabbiyi germaniyaliklardan xafa bo'ldi, sababi suratda namoyon 
    • 09:41 – “Barselona” Minani sotishga tayyor 
    • 09:41 – SHveciya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi 
    • 09:40 – Rossiya - Urugvay o'yinini senegallik hakamlar boshqaradi 
    • 09:39 – Akrom Komilov: Zalcburgga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman 
    • 08:23 – Germaniya - SHveciya. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi kim? 
    • 08:22 – JCH-2018. Germaniyadan super irodali g'alaba 
    • 08:21 – Janubiy Koreya - Meksika 1:2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi - CHicharito 
    • 08:20 – Janubiy Koreya Meksikadan ko'proq zarba berib yutqazdi (statistika) 

    Umid Ahmadjonov Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti bilan uchrashdi

    Xabar berib o'tganimizdek, bir necha kun oldin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaga jo'nab ketgandi.
    MOQ rahbari u erda uchrashuvlar o'tkazib, bir qator kelishuvlarga erishgani haqida xam malum qilgandik. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 7 iyun kuni Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Cunekazu Takeda bilan tashkil qilindi. Uchrashuv davomida Yaponiya MOQ rahbariga vice-prezident Yasuo Saito xamrohlik qildi.

    Uchrashuvda tomonlar hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirish, ularni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha muzokaralar olib borishdi. Sir emaski, dzyudo hamda karate kabi Olimpiya sport turlarida Yaponiya terma jamoalari jahonda etakchilardan hisoblanishadi. Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari o'zbekistonlik sportchilarning Yaponiyada malaka oshirishlarini so'rab, Cunekazu Takedaga murojaat qildi.

    "Dzyudo va karate bo'yicha Yaponiya jahonda etakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. SHuningdek, Tokioda jahonga mashhur "Kodokan" dzyudo markazi ham joylashgan. Biz o'zbekistonlik sportchilarni aynan shu erda o'z malakalarini oshirib, mahoratlarini yanada toblab olishlarida amaliy yordam ko'rsatishingizni so'rardik. O'ylaymanki bu hamkorlik har ikki tomon uchun foydali bo'ladi ", - dedi uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov.

    O'z navbatida Yaponiya MOQ Prezidenti Cunekazu Takeda bunga javoban O'zbekistondan ham sportning boks, dzyudo, sport kurashlari va og'ir atletika bo'yicha o'rganadigan jihatlar etarli ekanligi, hamkorlik qilishdan Yaponiya tomoni ham manfaatdor ekanligini takidlab o'tdi.


    Muzokaralar davomida Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi bilan jamoaviy sport turlari hamda stol tennisi bo'yicha hamkorlik qilishga ham kelishib olindi. Kelishuvga ko'ra, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimizda ushbu sport turlarini rivojlantirish loyihasida faol ishtirok etadilar. SHuningdek, hamkorlik murabbiylar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish kabi masalalarni ham qamrab oladi.

    Malumot uchun, Umid Ahmadjonov 9 iyun kuni Tokiodan to'g'ri Moskva shahriga uchadi. Rossiya poytaxtida FIFA Kongressida ishtirok etib, futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish o'yini – Rossiya-Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni “Lujniki” stadionining martabali mehmonlar lojasidan kuzatib boradi.

    Umid Ahmadjonov Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti bilan uchrashdi
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram