Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:11 – Neymarning «Real»ga qachon o'tishi malum bo'ldi 
  • 22:09 – Yaponiya U-23 haqida nimalar bilamiz? 
  • 21:31 – Zidanga bu safar Ronalduning xizmatlari kerak emas 
  • 21:31 – O'zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy kim bo'lishi deyarli aniq 
  • 21:31 – "Real" va yana bir klub Neymar uchun 500 mln taklif qilishmoqda 
  • 21:30 – Arda Turanning transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar 
  • 21:30 – AGMK ustozlariga Daniyadan kelgan futbolchi yoqmadi 
  • 21:28 – «Uni sotib olish uchun oxirgi kiyimimni ham bergan bo'lardim». Haynkes Evropaning yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi 
  • 21:27 – "Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman" 
  • 21:26 – Umid Ahmadjonov - Milliy olimpiya qo'mitasi yangi prezidenti 

Umid Ahmadjonov: "Endi futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlash kerak"

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishchi guruh bilan birgalikda 12 yanvar kuni Farg'onaga tashrif buyurdi.
"Istiqlol" stadionida Umid Ahmadjonov viloyat federaciyalari masullari ishtirokida majlis o'tkazdi. Majlisda O'FF boshqarma boshliqlari, Namangan, Andijon va Farg'ona viloyati futbol federaciyalari xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

“Vodiy ahli futbolni juda sevadi. Bu erda futbolning jonkuyar muxlislari ko'p. Ana shu muxlislarni, xalqimizni xursand qilish uchun asdoydil mehnat qilishimiz kerak. Buning uchun, ko'zi yonib turgan, futbol rivoji uchun halol ishlashga tayyor insonlarni ishga olish kerak. Mana “Oltin vodiy” dasturi bo'yicha ishlar boshlanmoqda. Reja bo'yicha bu yil butun respublika bo'ylab 1000 ga yaqin musobaqa o'tkazish rejalashtirilgan. SHulardan 600 tasi vodiyda o'tkaziladi. Jumladan, Farg'onada 200 ga yaqin bolalar va o'smirlar o'rtasida musobaqa o'tkazamiz.

Endilikda futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlash kerak. Qabul davomida O'FF masul xodimlari albatta ishtirok etadi. SHuningdek, OAV vakillari ham qabul jarayonini keng yoritib borishlari kerak.

SHuningdek, Farg'onada murabbiylar va hakamlarni tayyorlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Endilikda, O'zbekiston futbol federaciyasi hakamlar va murabbiylarning saviyasini oshirish bo'yicha seminarlarning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bu chora-tadbirlar istedodi bo'la turib, moliyaviy sabab licenziya ololmay yurgan murabbiy va hakamlarga yaxshigina imkoniyat”, – deydi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

“Vodiyda futbolni rivojlantirish uchun ko'p mehnat qilish kerak. Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani. Nasib qilsa, bu yil vodiyda futbol bayrami uyushtiramiz. Bu erda xalqaro talablarga javob beradigan shunday chiroyli stadionlar barpo etilgan. Bu stadionlarda Olimpiya terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Bu vodiy ahli uchun o'ziga xos sovg'a bo'ladi”, – deya qo'shimcha qildi Umid Ahmadjonov.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram