Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:11 – Arveladzedan kutilmagan yurish yoxud "Paxtakor"ning transfer kompaniyasi haqida 
  • 14:09 – "Navbahor" ikki legionerga javob berdi 
  • 14:08 – Kevin-Prins Boateng: El-klasikoda gol urishga umid qilaman 
  • 14:07 – "Napoli" prezidenti Karlo Anchelotti bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlamoqda 
  • 13:59 – AGMK bugun Dubayda yig'inni boshlaydi 
  • 13:42 – "Barselona" De Yongni eng qimmat gollandiyalik futbolchiga aylantirishi mumkin 
  • 09:49 – Emiliano Sala samolyotdan ovozli xabar yubordi: “Hozir u qulab ketadi, qanday dahshat” 
  • 09:48 – “Real” Eriksen uchun Xamesni berishga tayyor 
  • 09:48 – ​Demba Ba Turkiyaga qaytdi 
  • 09:47 – Ikardi shu haftadayoq “Inter” bilan yangi shartnoma tuzadi 

Nesterov O'zbekiston terma jamoasi ro'yxatidan tushdi

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" darvozaboni Ignatiy Nesterov Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi.
Bir necha kun avval O'zbekiston terma jamoasining Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yiniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati elon qilingandi. Unga ko'ra, Temur Kapadze terma jamoaga uch nafar darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Eldorbek Suyunov va Botirali Ergashevni tarkibga kiritgandi.

O'zbekiston MTJning Urugvayga boradigan tarkibi
Bizga malum bo'lishicha, Ignatiy Nesterov terma jamoaning Urugvayga boradigan ro'yxatidan tushib qolgan. Bunga sabab, darvozabon "Metallurg"ga qarshi bahsda kichik jarohat olgani aytilmoqda. Uning o'rniga esa "Nasaf"ning yosh darvozaboni Umid Ergashev jalb etilgan.

Eslatib o'tamiz, Ignatiy Nesterov joriy mavsumda "Lokomotiv" safida Superligada 12 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 13ta gol qo'yib yuborgan. OCHLda esa Nesterov 6 uchrashuvda 9 bor gol o'tkazib yubordi. "Lokomotiv" posboni joriy mavsumda jami 18 uchrashuvda ishtirok etdi va 22ta gol qo'yvordi. Nesterov bu yili jami 18 o'yinda o'z darvozasini 4 marta "quruq" saqladi.

Nesterov O'zbekiston terma jamoasi ro'yxatidan tushdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram