Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:10 – Rossiya Superkubogi uchun bahs Osiyo mamlakatida o'tishi mumkin 
  • 21:31 – Zidanga bu safar Ronalduning xizmatlari kerak emas 
  • 21:31 – O'zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy kim bo'lishi deyarli aniq 
  • 21:31 – "Real" va yana bir klub Neymar uchun 500 mln taklif qilishmoqda 
  • 21:30 – Arda Turanning transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar 
  • 21:30 – AGMK ustozlariga Daniyadan kelgan futbolchi yoqmadi 
  • 21:28 – «Uni sotib olish uchun oxirgi kiyimimni ham bergan bo'lardim». Haynkes Evropaning yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi 
  • 21:27 – "Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman" 
  • 21:26 – Umid Ahmadjonov - Milliy olimpiya qo'mitasi yangi prezidenti 
  • 21:26 – "CHelsi" Aleksisga qiziyaptimi? Konte javob berdi 

Viktor Kumikov: "Turkiyada Ruminiya, Serbiya va Qozog'iston klublariga qarshi o'ynaymiz"

AGMK ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.
Yig'in jarayoni va navbatdagi chempionatda kutilayotgan o'zgarishlar xususida jamoa ustozi Viktor Kumikov fikrlari bilan qiziqdik.
- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 14 dekabrdan boshlagan edik. Dastlabki bosqichda futbolchilar ikki hafta davomida jismoniy tayyorgarlik borasida mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Ilk yig'in Toshkent viloyati tog'li hududida joylashgan "Oltin olma" majmuasida tashkil etildi. 2017 yilda jamoamiz sharafini himoya qilgan bir necha futbolchi bilan do'stona xayrlashdik. Dastlabki o'quv-mashg'ulotlarimizda bir necha yangi futbolchilar ham ishtirok etishdi. Ayni damda AGMK uchun yangi bo'lgan mahalliy futbolchilar jamoaga kirishib ketishdi. 28 yanvarga qadar davom etadigan yig'inda legioner futbolchilarni saralab olishni maqsad qilganmiz, deya so'z boshladi Viktor Balyutovich.
- Jamoa bu yig'in davomida kimlar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi?
- 10 yanvar kuni bu yil hisobidan ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. OFK kubogi bahslariga hozirlik ko'rayotgan Bishkekning "Dordoy" jamoasi bilan kuch sinashdik. Keyingi uchrashuv 15 yanvarda Ruminiya birinchi ligasi vakili "Politexnika" bilan bo'ladi. 19 yanvarda sobiq jamoam bo'lmish Qarag'anda shahrining "SHaxtyor" jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. 23 yanvarda Ruminiya oliy ligasi vakili "Konkordia" va 27 yanvarda Serbiyaning "Spartak Subotica" jamoasi sparring raqib bo'ladi.
- Bu yildan O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarni yangi formatda o'tkazishni rejalashtirmoqda. SHuningdek, musobaqa reglamentida ham bir qator o'zgarishlar bor. Bu borada fikringizni bilmoqchi edik.
- Darhaqiqat, bu yildan yuqori liga formati tubdan o'zgarishi borasida xabardor etildik. Bu kabi tizimda Qozog'istonda faoliyat yuritgan davrimda ko'p bora musobaqalarda ishtirok etganman. 12 jamoalik format o'z kuchida qoladigan bo'lsa, har bir uchrashuv murosasiz o'tishiga shubha yo'q. Bu tizimda o'tkinchi o'yinlar keskin kamayib ketadi. Ikkinchi bosqichda ham har bir ochko muhim bo'ladi. Asosiysi yuqori o'rinlar uchun bir necha jamoada imkoniyat paydo bo'ladi. Reglamentdagi o'zgarishlar borasida nima deyishim mumkin. Bu ham O'zbekiston futboli rivojiga o'z hissasini qo'shishiga umid qilamiz.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram