Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:11 – Neymarning «Real»ga qachon o'tishi malum bo'ldi 
  • 22:09 – Yaponiya U-23 haqida nimalar bilamiz? 
  • 21:31 – Zidanga bu safar Ronalduning xizmatlari kerak emas 
  • 21:31 – O'zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy kim bo'lishi deyarli aniq 
  • 21:31 – "Real" va yana bir klub Neymar uchun 500 mln taklif qilishmoqda 
  • 21:30 – Arda Turanning transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar 
  • 21:30 – AGMK ustozlariga Daniyadan kelgan futbolchi yoqmadi 
  • 21:28 – «Uni sotib olish uchun oxirgi kiyimimni ham bergan bo'lardim». Haynkes Evropaning yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi 
  • 21:27 – "Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman" 
  • 21:26 – Umid Ahmadjonov - Milliy olimpiya qo'mitasi yangi prezidenti 

“Nasaf” OCHL-2018 uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi

“Nasaf” OAV vakillarini 2018 yilgi OCHL musobaqasi uchun akkreditatsiya jarayonini
boshlaydi.

O'zingizga ma'lum, jamoamiz 30 yanvar seshanba kuni o'z maydoni – “Markaziy”
stadionda OCHL-2018 pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvni Iordaniyaning “Al
Faysali” klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

“Ajdarlar”ning pley-off uchrashuvida o'yindan oldingi va o'yindan keyingi matbuot
anjumanlarida qatnashish, ishlash uchun qulay bo'lgan media tribunadan foydalanish,
jurnalistlar uchun barcha qulay sharoitlarga ega bo'lgan matbuot markazidan
foydalanish, har ikkala jamoa futbolchilari bilan suhbatlashish uchun ajratilgan
mikst – zonadan foydalanish, maydon chetida turib o'yin jarayonini foto tasvirga
olish uchun beradigan ruxsatnoma kartochkalarni olish uchun arizalar 27 yanvar kunigacha
qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari, “Nasaf” PFKga o'z tashkilotlari
rahbarlari nomidan rasmiy xat, 3X4 hajmdagi fotosurat va pasport nusxalarini
faqat elektron shaklda jo'natishlari so'raladi.

Ushbu hujjatlar klubning nasaf.media@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul
qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: +998909982880.

Akkreditatsiyadan o'tkazilgan OAV vakilarriga tayyor akkreditatsiya kartochkalari 28-29
yanvar kunlari “Markaziy” stadionda tarqatiladi.


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: “Nasaf” PFK matbuot xizmati
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram