Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlandi

Bugun U-19 Osiyo chempionati musobaqasiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.
Afsuski, bu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etmaydi. Bunga sabab o'tgan yil Tojikistonda bo'lib o'tgan saralash o'yinlarida Aleksandr Mochinov boshqargan jamoa vazifani bajara olmagan.

Malumot uchun, navbatdagi musobaqa Indoneziyada tashkil etiladi va hisob bo'yicha 40-chempionat bo'ladi. U-19 Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan.

Quyida qura natijalarini keltirib o'tamiz:

"A" guruhi
Indoneziya
BAA
Qatar
Xitoy Taypeyi

"B" guruhi
Yaponiya
Iroq
Tailand
KXDR

"C" guruhi
Vetnam
Janubiy Koreya
Avstraliya
Iordaniya

"D" guruhi
Saudiya Arabistoni
Tojikiston
Xitoy
Malayziya

Musobaqaga 18 oktyabr kuni start beriladi. Yakunda kuchli to'rtlik jamoalari 2019 yil Polshada bo'lib o'tadigan FIFA U-20 jahon chempionatiga yo'llanma olishadi.

U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlandi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram