Atletiko hujumchisi Antuan Grizmann Evropa ligasi finalida Marsel (3:0) bilan bahsda ikkita gol urdi.
Grizmann – ECHL va Evropa ligasi finalida ikkita gol urgan tarixdagi birinchi francuz bo'ldi.
27 yoshli francuz Evropa ligasining hal qiluvchi o'yinida dubl qayd etgan beshinchi futbolchi bo'ldi.
Bunga qadar Diego Forlan («Atletiko», 2010), Radamel Falkao («Atletiko», 2012), Karlos Bakka («Sevilya», 2015), Koke Moreno («Sevilya», 2016) ushbu musobaqa finalida ikki bor gol urishgan.
Grizmann – Evropa ligasida gol urgan uchinchi francuz bo'ldi. Bungacha Kevin Gameyro («Sevilya», 2016) va Pol Pogba («MYU», 2017) kabi franciyaliklar finalda gol urishgandi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно