Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 19:12 – ​Karikatura: "CHelsi" APLda "taxt"ga chiqishda "Liverpul"ga yordam berib yubordi 
  • 16:21 – "Liverpul" himoyachisi klub bilan shartnomani uzaytirdi 
  • 16:08 – Ronaldu: "Yuventus" va "Real" o'rtasida katta farq bor" 
  • 16:07 – Omar Momani ​Libertadores kubogi finaliga atab karikatura chizdi 
  • 16:07 – LaLigada navbatdagi istefo 
  • 16:06 – Ronaldu: "Har yil "Oltin to'p" olishga munosibman" 
  • 16:06 – Lyov: "Real" - har qanday murabbiy ishlashni istaydigan klub" 
  • 16:05 – Messi so'nggi to'rt yilda klublardan yaxshiroq natija qayd etdi 
  • 16:04 – Dembele "Barselona" tomonidan jazolanishi mumkin 
  • 16:03 – Leonardo: "Zlatan "Milan"ga o'tmaydi" 

O'zbekiston oktyabr oyida Qatar bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston futbol associaciyasi futbol muxlislariga xushxabar ulashishda davom etadi.
Malumki, O'zbekiston futbol associaciyasi O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'rtoqlik o'yinlariga kuchli raqiblar topish bo'yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

Jumladan, tarixda birinchi marta O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun mundialga yo'llanma olgan Marokash, Senegal, Urugvay kabi terma jamoalar bilan Jahon chempionati oldidan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi va tashkil qilinmoqda. Joriy yilning 19 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Tehronning “Ozodiy” stadionida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi xaqida ham malumot bergan edik.

Endi esa ko'plab o'zbekistonlik futbol muxlislarining xohish- istaklarini inobatga olgan holda, Milliy olimpiya qo'mitasining Prezidenti hamda O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice prezidenti Umid Ahmadjonovning Qatar futbol federaciyasi bilan imzolagan memorandumiga asosan, FIFA kuni hisoblangan 2018 yilning 16 oktyabr kuni Toshkent shahrida Qatar terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davom etadi.
O'zbekiston oktyabr oyida Qatar bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram