Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 08:55 – Mourino MYU rahbariyatidan Marsyalni sotishni talab qilmoqda 
  • 08:53 – CHempionlar ligasi. BATE mag'lub bo'ldi, "Benfika" esa o'z uyida g'alaba qozona olmadi 
  • 08:53 – "Barselona" Raboga yiliga 10 mln evro to'lamoqchi 
  • 08:52 – Man Siti o'z himoyachisini Franciyaga sotdi 
  • 08:51 – Yuventus uchinchi formasini namoyish etdi FOTO 
  • 08:50 – Borussiya Liverpul hujumchisini ijaraga olmoqchi 
  • 08:50 – Messi va Ronaldu. Ikki xil kayfiyat FOTO 
  • 08:49 – Bekxem UEFAdan prezident sovrinini oladi 
  • 08:48 – Krilya Sovetov bosh direktori: Denisov – istalgan klubga foyda keltira oladi 
  • 08:47 – Real o'z futbolchisini ijaraga berdi 

Bugun final. "Milan" Italiya kubogini qo'lga kirita oladimi? (Prevyu)

Bugun Italiya kubogi finali doirasida "Yuventus" "Milan"ga qarshi bahs olib boradi.
"Yuventus" – "Milan"
CHorshanba, 9 may, 22:00.
Rim, Stadio Olimpiko.
Bosh hakam – Antonio Damato

Agarda barchasini rasmiy tarzda ifodalasak, "Yuve" hali chempionlikka erishmadi. To'g'ri, turinliklar vazifani deyarli hal qilib qo'yishgan. Biroq oldinda ishni yakunlash ham kerak. Ikki jamoa ham so'nggi uch uchrashuvida ikki g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan. "Milan" ayni damda chempionatning 6-pog'onasini egallab turibdi.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 173 uchrashuvda maydonga tushishgan. Turin jamoasi 64, "Milan" esa 49 bora g'alabaga erishgan. 60 bahsda esa durang qayd etilgan.
"Yuve" 241 uchrashuvda gol urgan va 221 gol o'tkazib yuborgan.
"Milan"ning eng yirik g'alabasi 7:1, "Yuventus"da esa bu natija 6:1ga teng.

TAXMINIY TARKIBLAR

Bugun final. "Milan" Italiya kubogini qo'lga kirita oladimi? (Prevyu)


O'yinda qatnashmaydi: Kellini, Xevedes – Konti.

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Yuventus" so'nggi to'rt Italiya kubogi finalida g'olib bo'lgan. "Milan" esa bu sovrinni so'nggi bora 15 yil oldin qo'lga kiritgan.
- "Yuventus" Italiya kubogi doirasidagi so'nggi 5 uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi.
- "Milan" Italiya kubogi doirasidagi so'nggi uch bahsda durang qayd etdi.
- "Yuventus" barcha turnirlarda "Milan"ga qarshi o'tgan so'nggi 4 bahsda g'alabaga erishdi.
- "Milan" Kubokdagi so'nggi 3 bahsda gol kiritmasdan g'olibga aylandi.
- "Yuventus" "Milan"ga qarshi o'tgan so'nggi 4 bahsda kamida ikkitadan gol urmoqda.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram