Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

Ilhom Mo'minjonov: “O'yindagi to'xtalishlar futbolning bir qismi”

Superliganing 10-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa darvozaboni Akbar To'raev ishtirok etdi.
Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi): - Bugungi g'alabamizni “Navbahor” muxlislariga bag'ishlaymiz. Ayrim muxlislarimiz hattoki, Buxoroga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turishdi va ularning ishonchlarini oqlaganimizdan xursandman. SHogirdlarim bugun ajoyib o'yin namoyish etib, zafar quchishdi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

O'yindagi to'xtalishlar futbolning bir qismi. Yutqazayotgan jamoa azolari esa buni ataylab vaqtni cho'zish, deb tushunishadi. Oldingi turda Namanganda “Neftchi”ga qarshi kechgan bahsda ham xuddi shunday holat yuz bergandi. Bizga farg'onaliklar vaqtni cho'zgandek tuyulishgandi. Bahsdagi to'xtalishlarning ko'pi darvozabonimiz Akbar To'raev bilan bog'liq bo'ldi. Yana bir darvozabonimiz Botirali Ergashev O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inida qatnashyapti. Akbar To'raevda biroz jarohat bo'lishiga qaramay, uni tavakkal qilib, maydonga tushirlik. Yaxshi, u o'yinning oxirigacha o'ynadi.

Akbar To'raev (“Navbahor” darvozaboni): - Ustozimiz Ilhom Ibrohimovich takidlaganlaridek, g'alabamizni jamoamizning barcha muxlislariga bag'ishlaymiz. Uchrashuv juda qiyin kechdi. SHunday bo'lsa-da, zafar quchdik. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlaymiz, degan umiddaman.
Ilhom Mo'minjonov: “O'yindagi to'xtalishlar futbolning bir qismi”
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram