Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:23 – Saloh qizaloqdan kechirim so'radi 
  • 15:22 – Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi malum bo'ldi 
  • 15:21 – Osiyo Kubogi. Jeparov ramziy terma jamoaga kiritildi 
  • 15:21 – Kafu: Realda yangi Krishtianu bor 
  • 15:20 – Avstraliya terma jamoasining yangi sardori malum 
  • 15:19 – Raneri: "Monako" Liga 1ni tark etmaydi deb umid qilaman" 
  • 15:18 – U kimni kutmoqda? FOTO 
  • 15:18 – Xuanfran: "Messini hurmat qilaman, u doimo Ronaldudan biroz ustun bo'lgan" 
  • 15:17 – Kecha Ermatov Yaponiya - Venesuela uchrashuvida ishlagan ekan 
  • 15:16 – River Pleyt prezidenti: Real bizning futbolchi bilan kelishib olmagan 

Guruhdoshlarimiz Osiyo kubogi-2019ga qanday chiqishdi?

Kecha Dubayda 2019 yilgi Osiyo kubogi musobaqasi final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Quraga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya, Ummon hamda Turkmaniston bilan bir guruhdan joy oldi.

Biz guruhdoshlarimizning Osiyo kubogiga qanday chiqqani haqida malumot beramiz.

Qizig'i Ummon hamda Turkmaniston terma jamoalari saralashni ham bitta guruhda boshlashgandi. O'sha guruhda Eron, Guam va Hindiston terma jamoalari ham bor edi.

Qo'shnilarimiz Turkmaniston terma jamoasi 8ta o'yinda 13 ochko to'plab guruhda 3-o'rinni egallab keyingi bosqichga chiqishgandi.

Ummon esa o'sha guruhda 14 ochko bilan ikkinchi bo'lgandi.

Uchinchi bosqichda Ummon Falastin, Maldiv orollari va Butan jamoalari bor guruhda 15 ochko bilan birinchi o'rin bilan Osiyo kubogiga yo'llanma oldi.

Turkmaniston esa Bahrayn, Xitoy Taypei va Singapur bilan bir guruhdan joy olib 10 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etib qita chempionatiga chiqdi.

Yaponiya esa dastlabki guruh bosqichida Suriya, Singapur, Afg'oniston va Kambodja bilan kuch sinashgan. 8ta o'yinda "samuraylar" 7ta g'alaba va 1ta durang qayd etishgan. Birinchi o'rinni olgan Yaponiya to'g'ridan-to'g'ri Osiyo kubogiga chiqqandi.

Guruhdoshlarimiz Osiyo kubogi-2019ga qanday chiqishdi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram