Bu qiziq. “Real” so‘nggi marta EChL finalida aynan "Liverpul"dan engilgan
- 03.05.2018, 14:37,
- Yangiliklar
- 0
979
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Xabaringiz bor kecha Rimda “Roma” mexmoni bo‘lgan “Liverpul” garchi 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:7 hisobida ustunlikka erishib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa mersisaydliklar endi 26 may kuni Kievda “Real”ga qarshi hal qiluvchi bahda ishtirok etishadi. Qayd etish lozimki, “Liverpul” EChL finalida “Real”ni mag‘lubiyatga uchrata olgan so‘nggi jamoa hisoblanadi. Ushbu voqea 1981 yil sodir bo‘lgan va o‘shanda ingliz klubi 1:0 hisobida madridliklarni taslim etishga erishgan.
Shundan buyon “Real” olti marta ushbu musobaqa finaliga chiqdi, biroq "Yuventus" (1:0), "Valensiya" (3:0), "Bayer" (2:1), "Atletiko" (4:1), "Atletiko" (1:1, penaltilar bo‘yicha) va "Yuventus" (4:1) kabi jamoalar bilan o‘tkazilgan ushbu hal qiluvchi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramagan.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
