Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
  •  
    • 11:44 – "CHelsi" Azarni "Real"ga sotishga rozi bo'ldi 
    • 11:32 – Yuventus bir kunda barcha abonementlarni sotib bo'ldi 
    • 11:31 – 1979 yildan keyin MYUning uy liboslari qanchalik o'zgardi? FOTO 
    • 11:30 – Ilhom Mo'minjonov: "Hali Karimov ham, Nikach ham o'zini ko'rsatadi" 
    • 11:29 – Sergey Lushan: "Namanganda umuman olganda yomon harakat qilmadik" 
    • 11:29 – Venger Yaponiyada ish boshlaydi...mi? 
    • 11:28 – “Bavariya” Pavar bilan kelishuvga erishdi 
    • 11:19 – “Manchester Siti” Sterlingni sotishi mumkin 
    • 11:06 – Alison: “ECHL yarim finalida “Enfild”dagi bahs ko'p narsani o'zgartirib yuborgandi” 
    • 11:05 – Naynggolan “Zenit”ga qarshi maydonga tushmaydi 

    JCH-2018 stadionlari “qanchaga tushdi”?

    Jahon CHempionati-2018 start olishiga ham juda oz qoldi. Bugun mundial o'yinlari bo'lib o'tadigan 12 stadion uchun qancha sarf-harajat qilingani haqida suhbatlashamiz.
    Stadionlar qurib bitkazilib, qolgan ishlari ham deyarli tugab qoldi. Mundial uchun qurilgan stadionlar foydalanishga topshirilib, o'rtoqlik va rasmiy o'yinlar o'tkazilmoqda. Lekin ularning narxi, bu stadionlar qurib bitirilishi uchun qancha pul sarflangani haqida o'ylab ko'rganmisiz?

    Futbol bo'yicha Jahon CHempionati– bu yirik musobaqa, sayyoramiz uchun katta bayram..
    Stadionlar ketma-ketligi ularga sarflangan mablag'dan kelib chiqilmaganiga xayron bo'lmang, ular turli yillarda qurib bitkazildi va rublning qadri keskin farq qilishi hech gap emas.


    12 o'rin. “Ekaterinburg-Arena”
    Sig'im: 35 000 tomoshabin
    Narxi: 13.1 mlrd rubl

    Avvaliga, stadion qayta tamirlanishi uchun 5 mlrd rubl ajratilgan edi. Biroq, uni keyin 11 mlrdga ko'tarishdi. Ammo, yakuniy summa 13.1 mlrd rublni tashkil etdi. Biroq shunda ham, arena qayta qurilgani yo'q, bor yo'g'i qo'shimcha tribunalar qo'shildi. SHuning uchun ham, tomoshabinlar sig'imi 45 ming emas, 35 mingni tashkil qildi. Bundan tashqari, hali qo'shimcha ishlar talaygina. Xullas, Ekaterinburgda shunaqa gaplar!



    11 o'rin. “Volgograd-Arena”
    Sig'im: 45 000 tomoshabin
    Narxi: 17.24 mlrd rubl

    Bu stadion narxini o'zgartirmaslikka qaror qilgan edi. Bu arenada Rossiya Kubogi final bosqichidagi “Tosno” va “Avangard” uchrashuvi bo'dib o'tadi. Qiziq, stadionni qanday qilib to'ldirishar ekan? Umuman olganda, bu erda shunday katta arenani qurilishi kimga kerak bo'ldi ekan a?! Axir Jahon CHempionatidan so'ng, stadion kim uchun xizmat qiladiyu, u erda qanday o'yin bo'ladi – 45 000 tomoshabin kelishi uchun?




    10 o'rin. “Kaliningrad”
    Sig'im: 35 000 tomoshabin
    Narxi:17.3 mlrd rubl

    “Kaliningrad” stadioni qurilishida 12 000dan ziyod ustundan foydalanilgan. Stadion aslida 45 000 tomoshabinga mo'ljallab qurilishi kerak edi. Biroq bazi sabablar tufayli arena sig'imi kamaytirildi.

    9 o'rin. “Nijniy Novgorod”
    Sig'im: 35 000 tomoshabin
    Narxi:17.97 mlrd rubl

    Balki sizga kulgili tuyular, biroq sarflanadigan summa 3 million rublga kamayganidan mahalliy hokimiyat quvongan va bu bilan faxrlangan ham edi. Nijniy Novgorod shahrida futbolga bo'lgan qiziqish ancha pasaygan bo'lsa-da, arena uchun deyarli 18 milliard rubl sarflandi.


    8 o'rin. “Samara-Arena” (Samara)
    Sig'im:45 000 tomoshabin
    Narxi:19 mlrd rubl

    Stadiondagi qurilish ishlari fevral oyida biroz to'xtab qoldi. Bu arena uchun sarflangan pullarga “Krylya Sovetov” klubi RFPLda o'n yil yashashi mumkin edi. Stadionga juda katta summa ajratilganiga qaramay, u xavas qiladigan ahvolda emas... Kuni kecha esa arenada sinov o'yini bo'lib o'tdi.

    7 o'rin. “Mordoviya-Arena” (Saransk)
    Sig'im: 44 000 tomoshabin
    Narxi: 16.5 mlrd rubl

    “Mordoviya-Arena” stadioni uchun naqd 16,5 milliard rubl sarflashdi. Biroq, arena shu pullarga yarasha qayta tamirlangani yo'q. Balki, ular qurilish uchun hom-ashyoni qimmatchilikda olib qo'yishganmikin... Achinarlisi shuki, o'zi bu stadionda kim, qaysi jamoa o'ynaydi? Faqatgina shamol...


    6 o'rin. “Rostov-Arena”
    Sig'im:45 000 tomoshabin
    Narxi: 19.9 mlrd rubl
    JCH-2018 stadionlari “qanchaga tushdi”?

    “Rostov” stadioni yangi qurildi. Biroq unga shuncha pul sarflanishiga nima sabab bo'lgan ekan? Arenaga sarflangan pul deyarli “Spartak” stadioni bilan bir xil. Sarflangan pullarni stadion futbol hisobiga chiqarib ololmasligi kundek ayon, hattoki mahalliy reperlarning koncertlari ham vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartira olmaydi. Aytilayotgan pullarning hammasi chindan stadionga ishlatilganmikin? Ha, mayli biz nima ham derdik...



    5 o'rin. “Lujniki” (Moskva)
    Sig'im: 81 000 tomoshabin
    Narxi: 26.6 mlrd rubl.

    Rublning dollarga nisbatan kursi o'zgargani tufayli Fedun «Otkrytie-Arena» uchun Moskva shahar hokimiyati «Lujniki»ni remont qilishiga safrlagandan biroz ko'proq mablag' sarfladi. Bu chindan ham hamyonbop proekt bo'ldi. Taxminan 26.6 mlrd rubl. SHuningdek rublning yildan-yilga qadrsizlanishini inobatga olamiz – yiliga 1.1 dan 1.2 mlrd rublgacha. 10 yil davomida «Lujniki» sabab rasman 11-12 mlrd rubl sarflanadi. Nima deb o'ylaysiz, stadion bu pullarni oqlaydimi?


    4 o'rin. “Otkrytie-Arena” (Moskva)
    Sig'im: 45 379 tomoshabin
    Narxi: 14.5 mlrd rubl.

    Stadionni minglab millionlar ishlab topuvchi xorij kompaniyasi qurib berdi. Aynan shu proekt – ajratilgan mablag'ning hammasi stadion devorlari va tomiga ishlatildi desa, ishonsa bo'ladigan bo'ldi. Lekin yana bir etiborga loyiq jihati, «Spartak» va Fedun stadionni eski kurs bo'yicha qurishni boshlashgandi, keyin vaziyat o'zgardi va “smetaga” ham o'zgartirish kiritildi. Agar narx-navo qimmat poytaxtda 45 000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadion chindan 420 mln dollarga qurib bitirilgan bo'lsa, unda qo'shni arenalarga va ularning quruvchilariga savol tug'iladi.


    3 o'rin. “Kazan-Arena”
    Sig'im: 45 379 tomoshabin
    Narxi: 15.5 mlrd rubl.

    Arena avval rejalashtirilganidan qimmatroqqa tushdi. Natijada taxminan 15 emas, 15.5 mlrd rublga tushdi. Ha, shu o'rinda siz «Krestovskiy»ga ishora qilishingiz mumkin, ana Sankt-Peterburgda undan battar holatku deb. Lekin piterliklarning nima aloqasi bor? «Kazan Arena» narxi uch barobar oshib ketdi, sabab har bir o'rindiq xarajati dollarda ko'rsatilgandi va yakunda (har bir o'rin) 467 millionga tushdi.


    2 o'rin. “Fisht” (Sochi)
    Sig'im: 47 659 tomoshabin
    Narxi: 27.5 mlrd rubl.

    Tragikomediya – klassik janr. Olimpiada uchun 779 mln dollarga stadion qurildi, oradan ikki yil o'tib esa u Jahon CHempionati uchun talablarga javob bermasligi ayon bo'ldi. Natijada yana 1 mlrd rubldan voz kechish kerakligini aytishdi, amalda esa chuqur rekonstrukciya uchun 4 mlrd ketib qoldi. SHu o'rinda 845 mln dollarga tushgan stadion, RFPLda jamoasi yo'q shahar uchun qimmatlik qilishini barcha tushunib turibdi. Xattoki bu shahardan biror klub Premer-ligada o'ynaganda ham buncha pulni oqlamasdi.

    1 o'rin. “Sankt-Peterburg”
    Sig'im: 67 800 tomoshabin
    Narxi: 43 mlrd rubl.

    Arena narxi 6.66 mlrd rubldan 43 mlrdgacha o'zgaradigan bo'lsa, korrupciya uchun yodgorlik qo'ysak ham bo'laveradi – prokuratura fikri. Klub quruvchilardan keyin ham ko'p narsani qayta to'g'rilab chiqishiga to'g'ri kelmoqda. Agar bitgan ishni bitirish uchun yaqin 10 yilda yana 13 dan 28 mlrd rublgacha mablag' sarflansa bu ro'yxatdagi ko'plab obektlardan qimmatroqqa tushadi.


    Nozima Zaripova tarjimasiскачать dle 11.0фильмы бесплатно
    Manba: Championat.asia
    Reyting: 
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikr yozish
    Ijtimoiy tarmoqlarda
    • Vkontakt
    • Facebook
    • Telegram