Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 21:31 – Zidanga bu safar Ronalduning xizmatlari kerak emas 
  • 21:31 – "Real" va yana bir klub Neymar uchun 500 mln taklif qilishmoqda 
  • 21:30 – Arda Turanning transferi bo‘yicha yangi tafsilotlar 
  • 21:30 – AGMK ustozlariga Daniyadan kelgan futbolchi yoqmadi 
  • 21:28 – «Uni sotib olish uchun oxirgi kiyimimni ham bergan bo'lardim». Haynkes Evropaning yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi 
  • 21:27 – "Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman" 
  • 21:26 – Umid Ahmadjonov - Milliy olimpiya qo'mitasi yangi prezidenti 
  • 21:26 – "CHelsi" Aleksisga qiziyaptimi? Konte javob berdi 
  • 21:25 – U-23 Osiyo chempionati. Iroq va Malayziya chorak finalga chiqdi 
  • 21:24 – Zabihillo O'rinboev Yaponiyadagi ikkinchi o'zbek futbolchisiga aylanishi mumkin 

Muxlislar klubi yetakchilari ham rasman klub vakiliga aylanishlari lozim

O'zbekiston futbol federatsiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan
mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan keng ko'lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. O'zPFL futbol klublari faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan
aniq talablar ishlab chiqdi. Ko'plab yangiliklar joriy qilingan yangi tahrirdagi
musobaqa Reglamentida O'zPFL qoshida sport tadbirlarini tashkillashtirish va
muxlislar bilan ishlash bo'limi ham tashkil etilganligi ayni muddao bo'ldi.

Bundan ko'zlangan maqsad yangi mavsumning har bir tur o'yinlarini bayramona
o'tkazish, muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirishdan iborat. Yangicha
ko'rinishda ish boshlaydigan muxlislar klubi yetakchisining vazifalari nimalardan
iborat bo'ladi?

Yuksak madaniyatli, bilim va zakovatda namuna bo'la oluvchi, rasmiy shtat asosida ish
boshlovchi Muxlislar klubi yetakchisi O'zPFL mazkur bo'limining nizom va
yo'riqnomalari asosida ish yuritar ekan, O'zPFLning kelgusida amalga oshiradigan
loyihalarini amalga oshirishga, Superliga va Pro-liga uchrashuvlarini yuqori saviyada
o'tkazishga o'z hissasini qo'shadi. Klub sardoridan eng avvalo atrofiga muxlislik
madaniyati doirasida ishqibozlik qiluvchi faol yoshlarni yig'ish, uchrashuvlar paytida
o'z jamoasi sharafini mazmunli va yoqimli chaqiriqlar bilan qo'llab-quvvatlash bilan
birga raqib jamoa va uning muxlislari hurmatini saqlash, uy va safar uchrashuvlari
chog'ida raqib jamoa muxlislari bilan doimiy do'stona aloqalar o'rnatish talab
etiladi. Shuningdek, sardor yoshidan qat'iy nazar futbolni chin dildan sevuvchi,
jamoasini nafaqat g'alabali onlarda, balki mag'lubiyatga uchraganda ham olqishlay
oladigan, muxlislik doirasida klubning ko'plab loyihalarida ishtirok eta oluvchi
ishqibozlarni Muxlislar klubiga a'zolikka qabul qilish, ularning
rag'batlatirilishini tashkil etish, hatto klubga a'zo muxlislarning kiyimi
borasidagi tashqi ko'rinishiga ham alohida e'tibor berishi zarur.

Bir so'z bilan aytganda, jamoalarning Muxlislar klubi yetakchisi har bir o'yinning
zavqli, chiroyli va albatta, bayramona o'tishida faol bo'lishi talab etiladi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: PFL.uz
Reyting: 
Fikr yozish
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram