Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

PRO-Liga, “V” guruhi. 3-turning tezkor goli va boshqalar haqida

PRO-Liga, “V” guruhining 3-tur yakuniga ko'ra etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.
O'yinga joziba bag'ishlaydigan gollar doimo muxlislarning diqqat markazida turadi. Yakunlangan turning 4ta o'yinida 12ta gol qayd etildi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

Mezbonlar 6ta gol kiritgan bo'lsa, mehmon jamoalar ham 6 bor raqib darvozasiga to'p kiritgan.

Uchrashuvlarning birinchi taymida 4ta gol kiritilgan bo'lsa, ikkinchi taymda sermahsullik ortdi va yana 8ta gol qayd etildi.

Ushbu turda eng ko'p gol urgan jamoa “Xotira-79” jamoasi bo'ldi. Uychiliklar o'z maydonida “Lokomotiv-BFK”ga qarshi kechgan bahsda 4ta to'p kiritdi. Mehmonlar esa bunga 3ta gol bilan javob qaytardi xolos.

“Yozyovon” – “Labsa” uchrashuvi nursiz durang bilan yakun topdi.

3-turda “Yozyovon”, “Labsa” va “SHerdor” jamoalari o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishni uddasidan chiqdi.

Turning eng tezkor goli muallifi – Islom SHaripov bo'ldi. “Lokomotiv-BFK” futbolchisi “Xotira-79”ga qarshi bahsning 11-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni ochdi.

Turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goliga ham Islom SHaripov mualliflik qildi. “Lokomotiv-BFK” futbolchisi uchrashuvning 88-daqiqada ham mezbonlar darvozasiga to'p kiritdi. Ammo uning gollari jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi.

3-turda dublga erishgan futbolchi 2ta bo'ldi. “Xotira-79” etakchisi Sobir Hamidov “Lokomotiv-BFK” bilan o'yinda raqib darvozasini ikki bor inshonga oldi. “Temiryo'lchilar”dan esa Islom SHaripov ikkita to'p gol urishga erishdi.

PRO-Liga, “V” guruhi. 3-turning tezkor goli va boshqalar haqida

3-turda gol urgan futbolchilar
1. Bobur Mamajonov – “Xotira-79”.
2. Sobir Hamidov (2ta) – “Xotira-79”.
3. Abdulaziz Sultonov – “Xotira-79”.
4. Islom SHaripov (2ta) – “Lokomotiv-BFK”.
5. Xayot Sotivoldiev – “Lokomotiv-BFK”.
6. G'olibjon Sariboev – “SHerdor”.
7. Akbar Siddiqov – “SHerdor”.
8. Baxtiyor Rahmatillaev – “G'ijduvon”.
9. Bahrom Narzullaev – “G'ijduvon”.
10. Akmal Xolmatov – “Iftixor”.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram