Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:37 – Karikatura: "Bavariya"ning ahvoli og'ir 
  • 18:36 – Zlatan Iboragimovich JCH-2018da o'ynamaydi 
  • 18:35 – "Real" va "Barselona" Ruis uchun kurashmoqda 
  • 18:34 – Karikatura: Zidan Xaynkes robotini bo'laklarga bo'lib tashladi 
  • 18:33 – "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Real"da jiddiy yo'qotish bor 
  • 18:33 – "Real" "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi uchun 280 mln. evro sarflamoqchi 
  • 18:32 – Kazemiro: "Marselo - dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi" 
  • 18:32 – "CHelsi"ning ikki futbolchisi restoran ochdi, ilk mehmon "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi 
  • 18:31 – Van Gal: "Oldimda rad etib bo'lmas takliflar bor" 
  • 18:30 – Omar Momani "Bavariya" - "Real" o'yiniga karikatura chizdi 

Javohir Sidiqov: “Terma jamoa saviyasi baribir boshqacha”

“Qo'qon-1912” yarim himoyachisi Javohir Sidiqov o'zining chiroyli o'yinlari bilan muxlislar etiborini qozonib bo'lgan.
o'qonliklar dastlabki 6ta turning 5tasini safarda o'tkazib jami 8 ochko to'plashdi. Biz “Nasaf” bilan o'yindan oldin Sidiqov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- O'zbekiston Superligasidagi bu yilgi o'zgarishlar haqida fikrlaringiz?
- Haqiqatdan ham bu yil Superligada o'zgarishlar juda katta. Eng kuchli 12 klub har bir turda shiddatli o'yinlar namoyish etib berishmoqda. Bu o'zgarishlar futbolchilardan ham ko'ra muxlislarga yoqmoqda deb o'ylayman. Har bir bahs SPORT kanali orqali namoyish etilmoqda. O'tgan yillarda bunaqasi bo'lmagandi. Toshkentdagi o'yinlarga ham muxlislar qaytayotganiga guvohi bo'layapmiz. Uchrashuvlar kechki, salqin vaqtlarda boshlanishi esa futbolchilarga juda qo'l kelmoqda.

- O'tgan turda “Qo'qon-1912” Olmaliqdan 0:0 hisobidagi durang bilan qaytdi...
- AGMK jamoasi o'z maydonida o'ynadi. Ular o'tgan turda "Lokomotiv"ni mag'lub etgandi. Bizning jamoa 6ta turdan 5tasini safarda o'tkazdi. Baribir qiyin bo'lar ekan. Ammo safardan bir ochko bilan qaytganimiz yomon natija emas deb o'ylayman. Raqib kuchli va baquvvat futbolchilardan iborat. SHu bois biz asosan qisqa paslar bilan o'ynashga qaror qildik. Bundan tashqari Xolmuhammedov va Pardaev kabi futbolchilar jarohatlari bois bizga yordam bera olishmadi.

- Amaldagi chempion “Lokomotiv” maydonida ham durang qayd etdinglar...
- "Lokomotiv" hozir qiyin vaziyatda. Biz bilan o'yinda ularda bosim bor edi. Bundan unumli foydalanib qoldik. Amaldagi chempion maydonidan bir ochko bilan qaytish yaxshi natija. Lekin "Lokomotiv" yaqin vaqt ichida o'ziga kelib oladi. Tarkibida kuchli futbolchilar bor, bundan tashqari mahoratli murabbiylar ishlashmoqda.



- Superliganing navbatdagi turida “Nasaf” bilan to'qnash kelasizlar.
- Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" bir necha yillardan buyon stabil o'yin namoyish etmoqda. Yil boshida bir qancha etakchilarini qo'yib yuborgan bo'lsa ham "Nasaf" ko'rib turibsiz yoshlar bilan juda yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biz ular bilan o'z maydonimizda o'ynaymiz. Muxlislarimiz qarshisida har qanday raqibni mag'lub etishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston kubogi formati o'zgardi. Bunga munosabatingiz?
- O'zbekiston kubogi formati Angliya kabi bo'lgani menimcha albatta yaxshi. Evropaning eng kuchli futbol mamlakatlaridan biridan andoza olish foydali. Har bir bosqichdan oldin kim raqib bo'lishini bilmaysiz. Istalgan jamoada imkoniyat bo'lishi kuchsizroq va PRO-liga klublarida ham O'zbekiston kubogida hech bo'lmasa finalga chiqish umidini uyg'otadi.

- Sizningcha mart oyida Superliganing eng yaxshi murabbiy kim?
- No'mon Hasanov.

- PFL va championat.asia sayti hamkorligida o'tkazilayotgan so'rovnomada bor 4 murabbiylardan kimni tanlaysiz?
- Unda “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov.

- Oy futbolchisidan kimni tanlaysiz?
- “Navbahor” yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev yaxshi o'yinlar ko'rsatdi.


- Oyning eng yaxshi darvozaboni kim?
- "Navbahor" posboni Botirali Ergashev. Uning ayniqsa “Lokomotiv” bilan o'yindagi harakatlari maqul keldi.

- Eng chiroyli gol-chi?
- Azizbek Turg'unboevning AGMKga jarimadan urgan goli.

- Mart oyi so'nggida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Afrikaga borib keldingiz. Taassurotlar qanday?
- Terma jamoa saviyasi baribir boshqacha. Yangi murabbiylar shtabi qo'l ostida mashg'ulot o'tkazdik va o'yinlarda ishtirok etdik. Senegal bilan o'yinda maydonga tushmadim. Marokash bilan bahsda qatnashdim. Televizor orqali ko'rgan bo'lsangiz raqib juda kuchli o'yin ko'rsatdi. Bekorga Jahon chempionatiga chiqmagan ekan. Ko'p o'yinchilari kelib chiqishi Franciyaga borib taqalar ekan. Ko'plab futbolchilari aynan Franciya ligasida o'ynarkan. Qancha kuchli terma jamoalar bilan o'ynasak biz uchun shuncha foyda. Biz kabi yoshlar mana shunday kuchli raqiblar bilan o'yinlarda mahorat to'playmiz.

- Qo'qonlik muxlislar haqida nima deya olasiz?
- Qo'qonga 2 yil oldin kelganimda haqiqiy muxlislar shu erda ekan degandim. Hamon shu gapimda turaman. Har bir o'yinda bizni tinmay qo'llab turishadi. To'la stadionda o'ynash bilan bo'sh tribunalar ostida o'ynashdan juda farq qiladi.
Javohir Sidiqov: “Terma jamoa saviyasi baribir boshqacha”


Narzulla Saydullaev suhbatlashdiскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram