Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:37 – Karikatura: "Bavariya"ning ahvoli og'ir 
  • 18:36 – Zlatan Iboragimovich JCH-2018da o'ynamaydi 
  • 18:35 – "Real" va "Barselona" Ruis uchun kurashmoqda 
  • 18:34 – Karikatura: Zidan Xaynkes robotini bo'laklarga bo'lib tashladi 
  • 18:33 – "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Real"da jiddiy yo'qotish bor 
  • 18:33 – "Real" "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi uchun 280 mln. evro sarflamoqchi 
  • 18:32 – Kazemiro: "Marselo - dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi" 
  • 18:32 – "CHelsi"ning ikki futbolchisi restoran ochdi, ilk mehmon "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi 
  • 18:31 – Van Gal: "Oldimda rad etib bo'lmas takliflar bor" 
  • 18:30 – Omar Momani "Bavariya" - "Real" o'yiniga karikatura chizdi 

Endi O'FA Superliga o'yinlariga kelgan eng faol muxlislarga bepul to'plar taqdim etadi

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, milliy chempionatimiz saviyasini oshirib, stadionlarga muxlislarni yanada ko'proq jalb qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, milliy chempionatimiz bahslarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarni xursand qilish, ayniqsa, yosh bolakaylarda futbolga bo'lgan mehrni yanada oshirish maqsadida, turli akciyalar, tadbirlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadda stadionlarda turli attrakcionlar, ovqatlanish shahobchalari, futbolga oid esdalik sovg'alar, sport liboslari sotiladigan do'konlar barpo qilinadi.

SHuningdek, Superliganing 7-turidan boshlab har turda uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga kelgan eng faol muxlislarga O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Superliga klublari futbolchilarining imzosi tushirilgan bepul to'plar taqdim qilib boriladi.

Muxlislar ushbu to'plarni klubning mashhur futbolchilaridan qabul qilib olib, ular bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.

Superliga bahslarini tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuring, o'z sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang va ajoyib futbol to'plariga ega bo'ling!
Endi O'FA Superliga o'yinlariga kelgan eng faol muxlislarga bepul to'plar taqdim etadi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram