Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:37 – Karikatura: "Bavariya"ning ahvoli og'ir 
  • 18:36 – Zlatan Iboragimovich JCH-2018da o'ynamaydi 
  • 18:35 – "Real" va "Barselona" Ruis uchun kurashmoqda 
  • 18:34 – Karikatura: Zidan Xaynkes robotini bo'laklarga bo'lib tashladi 
  • 18:33 – "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Real"da jiddiy yo'qotish bor 
  • 18:33 – "Real" "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi uchun 280 mln. evro sarflamoqchi 
  • 18:32 – Kazemiro: "Marselo - dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi" 
  • 18:32 – "CHelsi"ning ikki futbolchisi restoran ochdi, ilk mehmon "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi 
  • 18:31 – Van Gal: "Oldimda rad etib bo'lmas takliflar bor" 
  • 18:30 – Omar Momani "Bavariya" - "Real" o'yiniga karikatura chizdi 

Pismiq Mourino

Joze Mourino “Siti”ning chempion bo'lishini bir hafta kutmadi.
8 kun – Joze Mourino shuncha vaqt kutganida “Manchester Siti” so'nggi to'rt yilda ilk marta chempion bo'lardi.

"Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" 0:1

Avvaliga MYUning o'zi “shaharliklar”ning chempion bo'lishini kechiktirdi, derbida g'alaba qozonib, “Liverpul” bilan uchrashuvdan oldin Pep jamoasiga yomon kayfiyat taqdim etdi.

Matbuot anjumanida Pep Gvardiola “Yunayted”ning mag'lubiyatga uchramasligini va golfga ketishini aytdi. SHu boisdan Pep o'yinni ko'rgandan foyda yo'qligini tushuntirdi. Keyinchalik Joze cirkdagi tomoshasini ko'rsatdi.

Gvardiola: "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Bromvich"ga yutqazmaydi"

“Bromvich” ayni damdagi holati bilan “Yunayted”ga tayyor “go'sht” bo'lishi kutilgandi. Birinchidan, jamoa 20-o'rinda, bu esa 20 jamoa orasidan so'nggisi degani. Ikkinchidan, “Yunayted” Angliya kubogi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o'yindan oldin “iblislar” dahshatli o'yin namoyish etishi kutilgandi. Uchinchidan, Mourino jamoasi o'tgan turda Manchester derbisida “Siti”ni taslim etdi. Biroq to'rtinchi jihati ham bor, “Vest Brom” uchun har bir ochko suv va havodek zarur. SHu boisdan ham ular MYU bilan uchrashuvga “o'ligini tashlashi” aniq edi. Mag'lubiyat esa CHempionshipga tushib ketishi mumkin bo'lgandi. Ko'rdingizmi, bir o'yin orqali ikki masaladan biri hal bo'lardi. Yoki “Siti” chempion, yoki “Vest Brom”ning CHempionshipga “uchishi”...



Albatta, ECHL doirasida 1:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin katta tanqidga uchragan Pep Gvardiolaning “Siti”si qo'lga kiritgan chempionlik muxlislarga tatishi qiyin. Biroq Angliya jamoalari xalqaro o'yinlardan ko'ra, milliy chempionatdagi g'alabalarni yaxshi ko'rishadi. Albatta, chunki sen “Lester” emassan va har qanday holatda ham chempionlik sen uchun birinchisi emas, balkim oxirgisi ham emasdir. Demoqchimizki, “Siti” har doim oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan va shunga erishish uchun qattiq mehnat qiladigan jamoa. Joze boshqaradigan jamoalar esa uning kayfiyatiga qarab o'ynaydi. SHogirdlari yutsa alo qayfiyatda bo'ladi, yutqazsa yig'lamaydi. SHu orqali raqibining bayram qilishini xohlamaydi.

Balki Mourino Angliya kubogi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o'yindan oldin o'zini ko'rsatgisi kelmagandir. Endi u ushbu bahsga fantastik taktikani o'ylab topishi kerak.

"Men qolaman va hech nimani o'zgartirmayman". Mourino "Sevilya" bilan o'yindan keyin dardlarini to'kib soldi

U haqiqiy pismiq, Pepni golfga yubormadi, sovrinni taqdim etdi. Bir vaqtlar “Liverpul”ga qarshi o'yindan oldin “avtobus”dan voz kechishini aytgandi, biroq uchrashuvda yana shunday uslubni tanladi. Joze – ajabtovur, uning nima qilishini oldindan bilib bo'lmaydi.
Pismiq Mourino
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram