Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 21:23 – Karikatura: Messi qaytdi, lekin Koutino jarohat oldi 
  • 20:40 – Karikatura: Gvardiola Mourinyuni nokautga uchratdi 
  • 19:24 – Nasri APL klubida tibbiy ko'rikdan o'tyapti 
  • 18:41 – CHempionlar ligasi dam olish kunlari o'tkazilishi mumkin 
  • 18:41 – "Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi uchun 150 mln evro tayyorlamoqda 
  • 18:40 – "Bunyodkor" va AGMK 300 milliondan, "Metallurg" 100 million so'mga ega bo'ldi 
  • 18:39 – "Spartak" yangi murabbiyi nomi elon qilindi 
  • 18:39 – Dembele kech qolishni davom ettirmoqda 
  • 18:37 – Allegri: "Yuventus" MYU tufayli to'g'ri yo'lga qaytdi" 
  • 18:36 – Omar Momani Manchester derbisiga atab karikatura chizdi 

Bunaqasi hali bo‘lmagan! O‘zbekistonlik futbol muxlislar “El klasiko”ning rasmiy videroligida

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, u erda La liga bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashgan edi.
Bunaqasi hali bo‘lmagan! O‘zbekistonlik futbol muxlislar “El klasiko”ning rasmiy videroligida

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilib, La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Uchrashuv oxirida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.

Shuningdek, ikki mamlakatning futbol muxlislari o‘rtasida ham yaxshi aloqalar o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu yilning 6 may kuni La liganing 36-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “El klasiko” bo‘lib o‘tadi. “Barselona” jamoasi “Nou Kamp” stadionida “Real Madrid”ni qabul qiladi. O‘zbekiston futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatini litsenzion translyatsiya qiladigan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgan bo‘lib, “UZREPORT TV” telekanali La liga bahslarini jonli efirda namoyish qilib kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, La liga rahbariyati o‘zbekistonlik futbol muxlislarini “El klasiko” uchun tayyorlanadigan rasmiy videorolikka qo‘shishga qaror qildi.

Endilikda o‘yin kuni “Kamp Nou” stadionidagi monitorda namoyish qilinadigan “El Klasiko”ning rasmiy videoroligida o‘zbekistonlik “Barselona” va “Real Madrid” muxlislari ham namoyon bo‘lishadi.

Bundan tashqari, La liganing "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida "El klasiko" butun dunyodagi muxlislar kutmoqda" degan yozuv bilan o‘zbekistonlik futbol muxlislarining rasmi joylashtirildi.

Videorolikni telegramdagi rasmiy kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin @futuz



O'zbekistonlik futbol muxlislar “El klasiko”ning rasmiy videroligidaскачать dle 11.0фильмы бесплатно
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram