Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 21:23 – Karikatura: Messi qaytdi, lekin Koutino jarohat oldi 
  • 20:40 – Karikatura: Gvardiola Mourinyuni nokautga uchratdi 
  • 19:24 – Nasri APL klubida tibbiy ko'rikdan o'tyapti 
  • 18:41 – CHempionlar ligasi dam olish kunlari o'tkazilishi mumkin 
  • 18:41 – "Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi uchun 150 mln evro tayyorlamoqda 
  • 18:40 – "Bunyodkor" va AGMK 300 milliondan, "Metallurg" 100 million so'mga ega bo'ldi 
  • 18:39 – "Spartak" yangi murabbiyi nomi elon qilindi 
  • 18:39 – Dembele kech qolishni davom ettirmoqda 
  • 18:37 – Allegri: "Yuventus" MYU tufayli to'g'ri yo'lga qaytdi" 
  • 18:36 – Omar Momani Manchester derbisiga atab karikatura chizdi 

Eldor Sakaev: "Vodiy derbilari" doimo shiddatli o'tgan"

O'zbekiston kubogi 1/16 finali doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida andijonliklar bosh murabbiyi Eldor Sakaev va jamoa darvozaboni Akmal Ortiqov ishtirok etishdi.
Eldor Sakaev (“Andijon” jamoasi bosh murabbiyi): - “Vodiy derbisi” o'yinlari jamoalar qaysi ligada ishtirok etishlari va bahs qanday musobaqaga taalluqli bo'lishidan qatiy nazar, doimo jangovar ruhda o'tgan. Bunday uchrashuvlarda o'zim ham ko'p marotaba ishtirok etganman. Bugungi o'yin ham bundan mustasno bo'lmadi hamda kurashlarga boy tarzda o'tdi.

“Navbahor” yaxshi jamoa va hujumkor o'yin namoyish etadi.

Futbol shunday sport turiki, unda yuzaga kelgan barcha vaziyatlardan foydalanib bo'lmaydi. Aks holda, uchrashuv hisobi boshqacha tus olishi ham mumkin edi. Ammo bugun bizning omadimiz kelib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik.

Jamoamizning joriy mavsumda va “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormaganligida, faqatgina darvozabon va himoyachilarning emas, balki butun jamoaning munosib hissasi bor.

O'z o'rnida takidlash joizki, darvozabonimiz Akmal Ortiqov va himoyachimiz Ibrohim Otaxonov Oliy ligada o'ynashgan va katta tajribaga egalar. Demak, bu borada ularning hissalarini ham takidlash joiz.

Akmal Ortiqov (“Andijon” jamoasi darvozaboni): - “Vodiy derbisi” o'yinlariga ortiqcha tarif berishning hojati yo'q. Biz mazkur uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Bu esa o'z mevasini berib, bugungi bahsda zafar quchib, muxlislarni xursand etdik.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Eldor Sakaev: "Vodiy derbilari" doimo shiddatli o'tgan"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram