Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:37 – Karikatura: "Bavariya"ning ahvoli og'ir 
  • 18:36 – Zlatan Iboragimovich JCH-2018da o'ynamaydi 
  • 18:35 – "Real" va "Barselona" Ruis uchun kurashmoqda 
  • 18:34 – Karikatura: Zidan Xaynkes robotini bo'laklarga bo'lib tashladi 
  • 18:33 – "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Real"da jiddiy yo'qotish bor 
  • 18:33 – "Real" "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi uchun 280 mln. evro sarflamoqchi 
  • 18:32 – Kazemiro: "Marselo - dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi" 
  • 18:32 – "CHelsi"ning ikki futbolchisi restoran ochdi, ilk mehmon "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi 
  • 18:31 – Van Gal: "Oldimda rad etib bo'lmas takliflar bor" 
  • 18:30 – Omar Momani "Bavariya" - "Real" o'yiniga karikatura chizdi 

Andrey Miklyaev: "Istefo? Siz ham istefo berasizmi?"

OCHL doirasidagi "Lokomotiv" - "Zob Ahan" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev hamda futbolchi qatnashdi.
- Guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud va buning uchun faqat g'alaba zarur. Raqibni yaxshi o'rganib chiqdik, ular texnik futboldan ko'ra asosan kuchga tayangan o'yin ko'rsatishadi. Umid qilamanki, ertaga omad biz tarafda bo'ladi", - deya gap boshladi Andrey Miklyaev.

- Tarkibda yo'qotishlar bormi?
- Ikrom Aliboev diskvalifikaciya tufayli jamoaga yordam bera olmaydi.

- Salim Mustafoev oxirgi qator o'yinlarda qaydnomada ham ko'rinmayapti...
- Mustafoev hozir ruhiy holatini tiklash uchun mashg'ulot olib bormoqda. Qachonki u tayyor bo'lsa, o'shanda maydonga tushadi. Balki bugungi mashg'ulotlarda tayyor bo'lsa, unda ertaga uni ko'rishingiz mumkin.

- "Lokomotiv"da ichki muhit qanday? (SHahboz Beg'amov)
- Savolingini tushundim. Muhit yaxshi. Jamoa o'yinga tayyor. Ko'plab o'yinlarda g'alaba qozona olmayotgan bo'lsakda, bu narsa muhitga hech qanday tasir ko'rsatmayapti. Barcha bitta maqsad yo'lida harakat qilmoqda. Jamoada ishchanlik kayfiyati hukmron.

- Raqibni ertaga durang qanoatlantiradi. Balki ertaga ikkita hujumchi bilan o'ynab ko'rish kerakmikan?
- Bizda qanot vingerlari deyarli hujumchi vazifasida o'ynashadi. Ammo hujumga etiborni kuchaytirib, himoyani unutib qo'ymaslik kerak. Rashidov ham ertaga hujumchi sifatida o'zini ko'rsatishini kutamiz.

- "Lokomotiv"dek jamoa uchun qator muvaffaqiyatsiz bu fojia emasmi? Jamoa o'tkazilgan 11 uchrashuvda atiga 3 g'alabaga erishdi. Bu shunchaki omadsizlikka o'xshamayapti... (SHahboz Beg'amov)
- To'g'ri, qator muvaffaqiyatsizliklar "Loko"dek jamoaga yarashmaydi. Yana nima ham derdim? Balki ertangi o'yin murabbiylar shtabi uchun oxirgi imkoniyat bo'lishi mumkin. Ertaga nima bo'lishini biz bilmaymiz. Buni rahbariyat hal qiladi.

- SHunchaki tashqaridan jamoadagi ob-havoni o'zgartirish payti kelgandek tuyulmoqda. CHunki qator g'alabasiz seriyalar top jamoa uchun shunchaki omadsizlik emas. To'g'ri, istefoga chiqarishni rahbariyat qiladi. Lekin natijalar o'xshamay qolganida murabbiylarni o'zlari ham istefo beradigan holatlar ko'p uchraydi... (SHahboz Beg'amov)
- Agarda bu jamoa foydasiga ishlasa, ha. Meni istefoim "Loko"ning natijalariga ijobiy tasir qilsa, unda istefo berishga tayyorman. Masalan siz ham ishingiz yaxshi kechmasa, unda istefo berasizmi?

- Men murabbiy emasman. Murabbiy bo'lganimda qator muvaffaqiyatsizlikdan keyin istefo berardim... (SHahboz Beg'amov)






Sardor Rashidov: "Bizni qiyin uchrashuv kutmoqda. CHunki g'olib jamoa guruhdan chiqadi. Ertangi o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilib, g'alabani tantana qilmoqchimiz".

- "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda zaxiraga olinganizdan so'ng murabbiyga ochiqcha etiroz bildirib kiyinish xonasiga yo'l oldiz. Bu jamoadagi muhit juda yomonlashganidan dalolatmi? (SHahboz Beg'amov)
- Yo'q, muhit juda yaxshi. O'sha vaziyatni jamoadagi muhitga hech qanlay aloqasi yoki tasiri yo'q. Bu shunchaki futbolda bo'lib turadigan holat. O'yindan keyin men murabbiydan uzr so'radim. Hammasi yaxshi.

- Nega avvalgi Sardor Rashidovni ko'rmayapmiz? (SHahboz Beg'amov)
- Avvalgi Rashidov BAAda qolgan. Yo'q, Qatarda qolgan. Nima deganiz bu?

- Nima deganim? Avvalgi Rashidov bilan hozirgisida farq bor. Hozir juda ko'plab imkoniyatlardan kam gol uryapsiz. Oldingi yuqori darajada futbol o'ynagan Rashidovni ko'rmayapmiz, deyapman... (SHahboz Beg'amov)
- Gol urish omadga bog'liq. Har o'yinda bor kuchim bilan o'ynayapman.

- Yoki jamoaga moslashish jarayoni qiyin kechmoqdami? (SHahboz Beg'amov)
- Yo'q, bundan muammo yo'q. Hammasi joyida.

Andrey Miklyaev: "Istefo? Siz ham istefo berasizmi?"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram