Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:37 – Karikatura: "Bavariya"ning ahvoli og'ir 
  • 18:36 – Zlatan Iboragimovich JCH-2018da o'ynamaydi 
  • 18:35 – "Real" va "Barselona" Ruis uchun kurashmoqda 
  • 18:34 – Karikatura: Zidan Xaynkes robotini bo'laklarga bo'lib tashladi 
  • 18:33 – "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Real"da jiddiy yo'qotish bor 
  • 18:33 – "Real" "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi uchun 280 mln. evro sarflamoqchi 
  • 18:32 – Kazemiro: "Marselo - dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi" 
  • 18:32 – "CHelsi"ning ikki futbolchisi restoran ochdi, ilk mehmon "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi 
  • 18:31 – Van Gal: "Oldimda rad etib bo'lmas takliflar bor" 
  • 18:30 – Omar Momani "Bavariya" - "Real" o'yiniga karikatura chizdi 

Amir G'alinoi: "O'zbekistonda Babayandek ajoyib do'stim bor"

OCHL doirasidagi "Lokomotiv" - "Zob Ahan" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi va futbolchi ishtirok etdi.
- Avvalambor "Lokomotiv" klubi rahbariyatiga ajoyib kutib olishgani uchun tashakkur bildiraman. Bu mening O'zbekistonga ilk tashrifim emas. Men xususan "Paxtakor"ni juda yaxshi bilaman. SHuningdek, Samvel Babayan bilan ajoyib do'stlik aloqalarimiz saqlanib qolgan. Umuman olganda men yana ushbu mamlakatga kelganimdan xursandman.

Ertangi uchrashuv qiziqarli bo'lishi aniq. "Loko"ni g'alaba, bizni esa durang natijasi ham qoniqtiradi. Bizning birinchi vazifamiz - gol o'tkazib yubormaslik. SHu boisdan ham ancha etiborli o'ynashimiz lozim bo'ladi.
Biz va "Lokomotiv"da keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. "Duhail" esa allaqachon vazifani bajarib bo'ldi. Biz bilan bo'lgan o'yinda hakam xatosi ularni foydasiga ishlagandi. O'shanda hakam adashmaganida, balki hozir "Zob Ahan" guruhdan chiqish vazifasini uddalagan bo'larmidi.

O'yinga tayyorlagan taktikamizdan qati nazar biz g'alaba uchun kurashamiz. Birinchi vazifa gol o'tkazib yubormaslik, lekin bu hujumga o'tmaymiz degani emas. "Zob Ahan" ertaga faqat himoyalanadi deb o'ylaydiganlar adashadi. Biz hujumda ham o'ynaymiz va vaziyatlarni golga aylantirishga harakat qilamiz.

Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Barcha safda va o'yinga shay holatda. "Lokomotiv"ga qarshi tayyorlanish chog'ida ularni bir qator uchrashuvlarini tomosha qildik. Xususan Qarshidagi "Nasaf"ga qarshi o'yinini ko'rib chiqdik. Ammo OCHL doirasidagi o'yin bilan chempionatdagi bahsni taqqoslab bo'lmaydi. OCHL umuman boshqa darajadagi turnir.

Afsuski mehmondagi o'yinlarda jamoamiz ko'p gol o'tkazib yubormoqda. Avvalgi bahslarda ko'p hujum qilganimiz sababli, himoyada kamchiliklar yuzaga keldi. Umid qilamanki, ertaga ushbu xatolarni takrorlamaymiz, - dedi Amir G'alinoi.



"Zob Ahan" futbolchisi Giorgi Gvelesiani: "Lokomotiv" jamoasini juda ham hurmat qilaman. Men gruziliyalik bo'lganim tufayli "Lokomotiv" va xususan O'zbekiston haqida yaxshi malumotlarga egaman. CHunki bu o'lkada bir qator hamyurtlarim o'ynashadi. Ular menga etarlicha malumotlarni berishdi. "Lokomotiv" qanchalik kuchli va jiddiy raqib ekanligini tushunib turibman. Ertangi o'yin qiziqarli o'tishi aniq. Stadionga keladigan muxlislar aslo zerikib qolishmaydi, deb o'ylayman. Bizni durang natija ham guruhdan olib chiqadi. Ammo ertaga biz Toshkentdan g'alaba bilan qaytmoqchimiz".
Amir G'alinoi: "O'zbekistonda Babayandek ajoyib do'stim bor"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram