Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

"Manchester Siti" bugun chempion bo'ladimi?

Bugun APLning 34-turi doirasida "Manchester Siti" safarda "Tottenxem" mehmoni bo'ladi.
"Tottenxem" - "Manchester Siti"
SHanba, 23:45. London, "Uembli".
Taxminiy tarkiblar:
"Tottenxem": Loris – Ore, Sanches, Vertongen, Devis – Dayer, Dembele – Eriksen, Alli, Son – Keyn.
"Manchester Siti": Ederson – Uoker, Kompani, Otamendi, Delf – De Bryuyne, Gyundogan, D. Silva – B. Silva, Jezus, Sane.

Jamoa to'purarlari: Keyn, 25 – Aguero, 21.
O'yinda qatnashmaydi: Uinks, Uoker-Piters, Rouz – Fernandino, Mendi, Aguero.
So'roq ostida: Stounz ("Manchester Siti").

"Tottenxem" o'yinga optimal tarkibini tashlaydi. "SHporlar" birinchi davradagi mag'lubiyat alamini olishga harakat qilishlari aniq. SHuningdek, jamoa to'purari Xarri Keyn gol urish borasida Muhammad Salohga etib olish uchun intiladi. Ayni damda ularning orasidagi farq 4 golni tashkil etmoqda.



"Manchester Siti"da esa jiddiy yo'qotish bor. MYUga qarshi o'yinda Fernandino sariq kartochka oldi va uning ogohlantirishlari soni 10taga etgani bois, "Uembli"dagi bahsni o'tkazib yuboradi. Uning o'rnida Ilkay Gyundogan maydonga tushishi kutilmoqda.

"Manchester Siti" so'nggi uch uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi. Jamoa ikki bora "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi va ECHLdan chiqib ketdi. SHuningdek, "Manchester Yunayted"ga yutqazib qo'ydi.

"Manchester Siti" bugun chempion bo'lmaydi, bu aniq. Bu voqea ertaga sodir bo'lishi mumkin. SHunda ham "Manchester Yunayted" o'z maydonida, "Old Trafford"da "Vest Bromvich"ga imkoniyatni boy berishi kerak. Agarda “Yunayted” g'alabaga erishsa, chempionlik yana bir turga kechikadi.

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Tottenxem" "Manchester Siti"ga qarshi kechgan so'nggi 5 uy uchrashuvining faqatgina bittasida mag'lub bo'lgan va ikkitasida g'alabaga erishgan.

- "Tottenxem" APL doirasida so'nggi 14 uy bahslarida yutqazmadi. Bu natija esa "shporlar" uchun rekord natijadir.



- "Manchester Siti" bugun g'alabaga erishadigan bo'lsa, Londonning uch jamoasi "CHelsi", "Arsenal" va "Tottenxem"ni safarda mag'lub etib chempionlikni qo'lga kiritadigan to'rtinchi jamoaga aylanadi. Oldin bu natijani "Koventri" (1993/94), "CHarlton" (2001/02) va "Blekbern" (2002/03) jamoalari qayd etgan.

- Serxio Aguerodan (10 gol) ko'ra, Alan SHirer (14), Ueyn Runi va Jimmi Floyd Xasselbaynk (11tadan gol) "Tottenxem"ga ko'proq gol kiritgan.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 155 uchrashuv o'tkazishgan. Qizig'i, ikki tomonda ham natijalar teng - 60tadan g'alaba. 35 uchrashuvda durang qayd etilgan. Biroq gol urish borasida ustunlik "shaharliklar" tomonida - 241:215.

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

APL 2017/18, 16.12.2017. "Etixad"
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 4:1 (1:0)

Xalqaro CHempionlar kubogi 2017, 29.07.2017. AQSH, "Nissan"
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 3:0 (1:0)

APL 2016/17, 21.01.2017. "Etixad"
"Manchester Siti" – "Tottenxem" 2:2 (0:0)

APL 2016/17, 02.10.2016. "Uayt Xart Leyn"
"Tottenxem" – "Manchester Siti" 2:0 (2:0)

APL 2015/16, 14.02.2016. "Etixad"
"Manchester Siti" – "Tottenxem Xotspur" 1:2 (0:0)

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN

"Manchester Siti" - "Tottenxem" 4:1
"Etixad", 54214 tomoshabin.
"Manchester Siti": Ederson, Otamendi, Mangalya, Uolker, Fernandino, Delf, Gyundogan (Foden, 83), De Bryuyne, Sterling, Sane (B.Silva, 85), Aguero (Jezus, 58).
"Tottenxem": Loris, Vertongen, Rouz (Devis, 89), Tripe, M. Dembele, Eriksen, Alli (M. Sissoko, 84), Dayer, Uinks, Son (Lamela, 77), Keyn.
Gollar: Gyundogan (14), De Bryuyne (70), Sterling (80, 90) - Eriksen (90).
Ogohlantirish: Otamendi (38), Delf (51) - Keyn (52), M. Dembele (62), Alli (68), M. Sissoko (90).


"Manchester Siti" bugun chempion bo'ladimi?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram