Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:12 – PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi 
  • 18:11 – Ektor Kuper: "Osiyo kubogidagi maqsad - chempionlik" (Intervyu 
  • 18:11 – Kutilmagan yangilik! Arda Turanning Turkiyadagi to'ntarishlarga aloqasi bo'lishi mumkin 
  • 16:03 – Rubin evrokuboklardan ikki yilga chetlatildi 
  • 16:02 – Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi 
  • 16:01 – PSJ 2019 yilning yozida Neymarni sotishga tayyor bo'ladi 
  • 16:00 – Bugun O'zbekiston chiqa olmagan U-19 Osiyo chempionati boshlanadi 
  • 14:22 – Bikmaev so'nggi yillardagi statistikaga etiborimizni qaratdi 
  • 14:21 – Iguain: "Meni "Yuventus"dan haydab yuborishdi, ammo qasos o'tida yonmayapman" 
  • 14:20 – Yozda "Barselona"ga o'tgan yarim himoyachi qishda klubni tark etmoqchi 

Umid Ahmadjonov Tojikiston FF prezidenti Rustam Emomali bilan hamkorlik masalasida kelishib oldi

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi iliq aloqalar davom etadi.
Kecha — 10 aprel kuni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikiston MOQ birinchi vice-prezidenti Abdullozoda Ahtam Rustam taklifiga binoan Dushanbeda bo'lib, har ikki tashkilotning o'zaro manfaatli hamkorligi borasida kelishuvga erishgandi.

Bugun esa Ahmadjonov O'FA birinchi vice-prezidenti sifatida Tojikiston futbol federaciyasi prezidenti Rustam Emomali bilan uchrashdi. Bundan ko'zlangan maqsad qo'shni respublika futboli qitada o'zining munosib o'rniga ega bo'lishi uchun o'zaro hamkorlik qilishdan iborat edi. Malumki, Tojikiston milliy terma jamoasi 2019 yil BAA mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. SHunga qaramay, mahalliy futbol muxlislari yaqin kelajakdagi katta g'alabalardan umidvor.

Umid Ahmadjonov Tojikiston FF prezidenti Rustam Emomali bilan hamkorlik masalasida kelishib oldi


Bu yo'lda ikki qo'shni mamlakat futbol uyushmalarining o'zaro hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishi mumkin. Kelishuvga ko'ra, Tojikiston futbol klublari o'zining o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borishi uchun O'zbekistonda imkoniyatlar kengaytirib beriladi. Bir necha yillardan buyon kuzatilmayotgan klublar va terma jamoalar miqyosidagi o'zaro o'rtoqlik o'yinlarini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu borada MOQ hamda O'FA tojikistonlik sportchilarni kutib olishga doim tayyor turadi.

Qayd etish kerak, Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston futbol Associaciyalari) prezidenti ham hisoblanadi. Tojikiston ham unga azo ekanidan kelib chiqilsa, endi qo'shni mamlakat futbol federaciyasi ham mazkur associaciyaning faol azosiga aylanadi hamda o'zaro o'rtoqlik o'yinlari masalasiga etibor qaratadi. O'zbekiston sporti esa faqatgina shu bilan to'xtab qolmaydi va qolgan qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish masalalari ustida ham ish olib boradi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram