Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 20:04 – Европанинг кейинги футбол юлдузи ким бўлади? (1-5) 
  • 09:59 – “CHelsi” futbolchisi “Brayton”ga o'tdi 
  • 09:36 – Nikolas Gaytan “Lill”ga o'tdi 
  • 09:35 – “Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi 
  • 09:24 – Braim Dias “Real”dan ketmaydi 
  • 09:23 – Kevin-Prins Boateng sarguzashtlari davom etadi. U Turkiya klubiga o'tdi 
  • 09:23 – “Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi 
  • 09:23 – Rasman: “Barselona” himoyachisi Liga 1 klubiga o'tdi 
  • 09:22 – Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi 
  • 09:21 – “Milan” belgiyalik yarim himoyachini ijaraga oldi 

Manchester derbisi yoxud bugun APL chempioni aniqlanishi mumkin (Prevyu)

Bugun Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida Manchester derbisi o'tkaziladi.
"MANCHESTER SITI" - "MANCHESTER YUNAYTED"
SHanba, 7 aprel 2018 yil
Premer-liga, 33-tur.
Manchester, "Etixad Stedium".
Boshlanish vaqti: 21:30.

TARKIBLAR HOLATI



"Manchester Siti"
Manchester derbisi yoxud bugun APL chempioni aniqlanishi mumkin (Prevyu)

Bugungi bahsda hujumchi Serxio Agueroning maydonga tushishiga Pep Gvardiola aniqlik kirita olmadi. Forvard 4 mart kunidan buyon o'yinlarda qatnashmayapti.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlangan: Mendi (tizza).
So'roq ostida: Aguero (tizza).
"Manchester Siti"ning o'yinga zayavkasi: Ederson, Bravo, Uolker, Danilo, Kompani, Otamendi, Stounz, Lyaport, Zinchenko, Delf, Ture, Gyundogan, Fernandino, De Bryuyne, D.Silva, B.Silva, Sane, Sterling, Foden, Diaz, Aguero, Jezus.



"Manchester Yunayted"
Manchester derbisi yoxud bugun APL chempioni aniqlanishi mumkin (Prevyu)

Joze Mourino o'yindan oldingi matbuot anjumanida uchrashuvga jangavor tarkibni tashlashini, Serxio Romerodan boshqa jarohatlangan futbolchilar yo'qligini aytdi. Joze mashg'ulotlarga 17 yoshli darvozabon Matey Kovarjni jalb etgan. Zaxira darvozabonlaridan biri Kiran O`Xara jamoaning 23 yoshgacha bo'lgan tarkibida muhim o'yinda maydonga tushishi kerak.

Joze Mourino: “Maqsadimiz ikkinchi o'rinni egallash, buni yashirmayman”

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Romero (tizza).
"Manchester Yunayted"ning o'yinga zayavkasi: De Xea, Pereyra, O`Hara, Kovar, Valenciya, Darmian, SHou, Yang, Lindelof, Smolling, Jons, Roxo, Bayi, Matich, Kerrik, Pogba, Fellayni, MakTominay, Errera, Mata, Lingard, Marsyal, Sanches, Reshford, Lukaku.

O'YINGACHA

"Manchester Siti"

Barcha turnirlardagi so'nggi 5 uchrashuv: G'-M-G'-G'-M

Agarda jamoa g'alabaga erishsa, "Manchester Siti" Angliyaning 5 karra chempioni bo'ladi, so'nggi 7 mavsumda 3-marta bu sovrinni qo'lga kiritadi.

Agarda "Siti" raqibini mag'lub etsa, APL tarixidagi eng erta chempionlikni qo'lga kiritadi.

1956 yilning aynan shu kunida Mett Basbi boshchiligidagi "Manchester Yunayted" "Blekpul"ni mag'lub etgan holda, chempionlikni qo'lga kiritgandi.

"Manchester Siti" APL doirasida o'z maydonida o'tgan so'nggi 27 uchrashuvda mag'lub bo'lmagan (22 g'alaba, 5 durang), ketma ket 14 bahsda g'alaba qozongan.

Bunga qadar ikki jamoa ham shunday seriyalarni qayd etgan - "Siti" 2011 yilning martidan 2012 yilning martiga qadar 20 uy uchrashuvida, "Manchester Yunayted" esa 2010 yilning oktyabr oyidan, 2011 yilning oktyabr oyiga qadar 19 uy uchrashuvida ketma-ket g'alabaga erishgan.

Agarda Gvardiola jamoasi "quruq" hisobdagi g'alabaga erishsa, sentyabr oyidan buyon ilk marta ketma ket ikki uchrashuvda gol o'tkazmasdan yutuqqa erishgan bo'ladi. O'shanda "shaharliklar" "Liverpul" va "Kristal Pelas"ni bir hil 5:0 hisobida mag'lub etgandi.

Gvardiola Joze Mourino jamoalariga qarshi o'tkazgan 20 uchrashuvning 9tasida g'alaba qozongan. 7 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, 4 o'yinda portugaliyalik jamoasining qo'li baland kelgan.



"Manchester Yunayted"

Barcha turnirlardagi so'nggi 5 uchrashuv: G'-G'-M-G'-G'

MYU APLdagi so'nggi 4 o'yinida g'alabaga erishdi.

"Qizil iblislar" APLning top-6 klublariga qarshi kechgan so'nggi 10 safar uchrashuvining faqatgina bittasida g'alaba qozongan (3 durang, 6 mag'lubiyat), o'shanda "Arsenal" safarda 3:1 hisobida mag'lub etilgandi. "Yunayted" o'sha 10 bahsning 8tasida raqibi darvozasini ishg'ol eta olmagan.

Joze Mourino hamkasbi Pep Gvardiola jamoasi bilan o'tgan ichki chempionat doirasida o'tgan so'nggi 7 uchrashuvning faqatgina bittasida mag'lub etgan. 2012 yilda "Real" "Barselona"ni 2:1 hisobida dog'da qoldirgan.

FUTBOLCHILAR HAQIDA MA'LUMOTLAR VA POTENCIAL REKORDLAR

"Manchester Siti"

To'purar: Aguero - 30 gol (ligada 21ta).

"Siti" tarkibida 199 o'yin o'tkazgan Aguero "Yunayted"ga qarshi o'tgan so'nggi 6 uchrashuvda 6 gol urgan, biroq so'nggi 2 o'yinda to'p kirita olmagan.

David Silva APL doirasida MYUga qarshi o'tgan so'nggi 11 uchrashuvda 6 golda qatnashgan (3 gol, 3 golli pas).

"Manchester Yunayted"

To'purar: Romelu Lukaku - 26 gol (15tasi ligada).

Lukaku jamoasi uchun o'tkazgan so'nggi 3 qarama-qarshilikning barchasida gol kiritdi. Bu uning sentyabr oyidan keyingi eng yaxshi natijasi. O'shanda belgiyalik futbolchi ketma-ket 6 o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etgan.

U top-6 jamoalariga qarshi o'tgan so'nggi 33 safar uchrashuvida 6 gol kiritgan.

David De Xea ayni damda "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritish uchun davogarlar orasida etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 16 "quruq" uchrashuv bor.



O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar barcha turnirlarda o'zaro 175 uchrashuv o'tkazishgan. 51 bora "Siti", 72 marta "Yunayted"ning qo'li baland kelgan. 52 uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Qizil iblislar" APL doirasidagi so'nggi 13 Manchester derbisining 8tasida mag'lub bo'lgan.

Biroq "Yunayted" "Etixad"da o'tgan so'nggi 2 uchrashuvda yutqazmagan (1 g'alaba va 1 durang) va unda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

"Siti" bir mavsumda "Yunayted"ni ikki bora mag'lub eta olishni 3 marta takrorlagan. Bu boradagi eng yaxshi natija "Liverpul" hisobida - 4 dubl.

Ikki jamoa ham APLda eng kam gol o'tkazib yuborgan klublardan - "Siti" 21, "Yunayted" 23.

UYDA VA SAFARDA
Liga (APLdan oldin): "Siti" 45 g'alaba, "Yunayted" 61, durang 51.
APL: "Siti" 13 g'alaba, "Yunayted" 20, durang 8.

"Manchester Siti" maydonida
Liga (APLdan oldin): "Siti" 25 g'alaba, "Yunayted" 27, durang 26.
APL: "Siti" 7 g'alaba, "Yunayted" 13 g'alaba, durang 3.

O'TGAN MAVSUMDAGI O'YIN

"Manchester Siti" 0-0 "Manchester Yunayted"
27 aprel, 2017 yil
Hakam: Martin Atkinson.
CHetlatish: Fellayni 84.

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN

"Manchester Yunayted" 1-2 "Manchester Siti"

10 dekabr, 2017 yil

Hakam: Maykl Oliver.

Gollar: Reshford 45 - Silva 43, Otamendi 54.

HAKAMLAR BRIGADASI



Manchester derbisini boshqaradigan hakam malum

Bosh hakam: Martin Atkinson.

Bu mavsumda barcha turnirlarda 28 uchrashuv o'tkazdi va 94 marta sariq hamda 5 bora qizil kartochka ko'rsatdi.

Qanot hakamlari: Li Betts, Stiven CHayld.

Zaxiradagi hakam: Kreyg Pouson.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram