Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:28 – Anri: "Borussiya" bilan bahsda rotaciya bo'ladi" 
  • 14:26 – "Atletik" hujumchisi Messi va Ramos natijasini takrorladi 
  • 14:26 – Evropa chempionlar ligasi. "Liverpul" va "Tottenxem" guruhdan chiqishi uchun qanday natija qayd etishi kerak? 
  • 13:14 – ECHL. Suares "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi 
  • 13:13 – Fekir nega "Liverpul"ga o'tmagan? 
  • 13:12 – "Bavariya" tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'ladi 
  • 13:12 – Evropa chempionlar ligasi. Bugungi o'yinlar uchun taxminiy tarkiblar 
  • 13:11 – Davide Astori o'limida ikki shifokor gumon qilinyapti 
  • 13:10 – Superliga-2018. Kim nechta gol urdi? 
  • 13:09 – Azar: "Doimo "Real"ni yaxshi ko'rganman" 

Eldor Sakaev: Andijon xalqini xursand qilganimizdan juda mamnunmiz

PRO-Liganing 1-turidan o'rin olgan Andijon - Mashal (2:0) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Sakaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Biz bu o'yinga yaxshi tayyorlangandik. Uchrashuvda rejalarimizni amalga oshira oldik. Andijonlik muxlislarni esa alohida aytishni istardim. CHunki ularning olqishlab turishi bizga katta madad berdi. Futbolchilarimiz ham bunga yarasha maydonda katta ishtiyoq bilan o'ynadilar. Yigitlar g'alaba uchun bor kuchlari bilan oxirigacha kurashishdi. Uchrashuv uchun oldindan ishlab chiqqan rejalarimizni futbolchilarimiz muvaffaqiyatli tarzda bajara olishdi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. SHu o'rinda o'yinchilarimizga ham jonbozlik ko'rsatishgani uchun rahmat. Biz bu g'alaba orqali Andijon xalqini xursand qilganimizdan juda mamnunmiz. Har doim ishqibozlarimizni mana shunday g'alabalar bilan xursand qilish uchun harakat qilamiz.

Albatta, “Mashal” ham yaxshi jamoa. Ular o'tgan yili oliy ligada 7-o'rinni egallashgan. Raqib jiddiy bo'lishiga qaramay, shogirdlarim butun etiborini g'alaba qozonishga qaratishdi va buning uchun mehnat qildilar. Ko'rsatmalarimizni to'g'ri yo'nalishda bajara olishgani uchun ham g'alaba qozona oldik.
Eldor Sakaev: Andijon xalqini xursand qilganimizdan juda mamnunmiz
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram