Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 22:13 – Umid Ahmadjonov bilan jiddiy suhbat. Abramov va Ahmadalievni futbolga qaytaramizmi? 
  • 22:12 – RUSADA Denisovni jarimaga tortdi 
  • 22:10 – Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq" 
  • 19:04 – Karikatura: "Real Sosedad" "Barselona" uchun chempionlik yo'lagini tozalab berdi 
  • 19:03 – Omar Momani Arsen Vengerning "Arsenal"ni tark etishiga atab karikatura chizdi 
  • 19:03 – Yoshlar ligasi. 7-tur. Barcha o'yinlar yakunlandi 
  • 19:02 – PRO-liga. 3-tur. LIVE Hisoblar 
  • 19:01 – Robin van Persi: "Har doim Vengerni futboldagi otam sifatida ko'raman" 
  • 19:01 – Mourino: "U ketyapti?" 
  • 19:00 – Jiru "CHelsi"ga o'tishi sababini aytdi 

PFL bosh direktori Omon G'ofurov Ispaniyada La Liga bosh direktori bilan uchrashdi

O'zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G'ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashgani haqida avval xabar qilingan edi.
Uchrashuv davomida “Real Madrid” akademiyasi bilan o'zaro hamkorlik qilish, O'zbekistonda “Qirollik klubi” akademiyasini ochish bo'yicha ish tartibi kelishib olingani haqida avval berib o'tgandik.

Kecha Omon G'ofurov Madridda La Liga qarorgohida bo'lib, tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ispaniya chempionati musobaqalarini o'tkazish, translyaciya masalalari, marketing yo'nalishida olib borilayotgan ishlar bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Mana shu masalalarga bag'ishlangan 8 soatlik taqdimot marosimi PFL bosh direktori Omon G'ofurovga namoyish qilindi.

SHundan so'ng Omon G'ofurov La Liga bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishildi. La Liga bosh direktori o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishga, mutaxassislarni O'zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o'rtoqlashishga tayyor ekanini malum qildi.



PFL bosh direktori Omon G'ofurov Ispaniyada La Liga bosh direktori bilan uchrashdi


Uchrashuv oxirida 2020 yilga qadar mo'ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko'ra, La Liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, transyalciyalar va boshqa ko'plab masalalar bo'yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo'lishdi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram