Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 11:17 – Xames “Bavariya”da qolishni xohlamayapti 
  • 11:13 – “Roma” himoyachisi Turkiyaga ketishi mumkin 
  • 11:13 – Markus Reshford jarohat oldi 
  • 11:12 – “Real” Edin Jekoni kuzatmoqda 
  • 11:11 – “Milan” Mexdi Benatiyani nishonga oldi 
  • 11:11 – Sadio Mane: “Keyta “Liverpul”da hammani hayron qoldirdi” 
  • 11:09 – O'rtoqlik o'yini. Ispaniya Bosniya va Gercegovinani mag'lub etdi 
  • 11:08 – Millatlar Ligasi. SHveycariya Belgiyani “sochib tashladi” va boshqa natijalar 
  • 11:07 – Ruben Loftus-CHik “CHelsi”ni tark etishi mumkin 
  • 11:06 – Keyn Runi qilgan ishni tezroq uddaladi 

Osiyo Kubogi-2019. OFK reglamentni o'zgartirdi. O'zbekiston 2-savatchada bo'ladi

Kelgusi yil 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAA mamlakatida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.
Qita chempionatida ilk bor 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Ushbu Osiyo Kubogiga 4 may kuni qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Dubay shahridagi "Armani Hotel" mehmonxonasida 24ta jamoa guruhlarga ajratiladi.

OFK qura vaqtida jamoalarni savatchalarga ajratish tizimiga o'zgartirish kiritdi.

Oldingi qoidaga ko'ra terma jamoalar 12 aprel kuni chiqadigan FIFA reytingi bo'yicha 4ta savatchaga bo'linishi kerak edi. O'zbekiston unga ko'ra 3-savatchada bo'lardi.

Bugun chiqarilgan yangi qarorga ko'ra JCH-2018 saralashi so'nggi bosqichiga chiqqan 12ta terma jamoa 1 va 2-savatchada, qolgan 12ta jamoa 3 va 4-savatchada bo'lishi malum bo'ldi.

SHu tariqa quyidagi 12ta jamoa dastlabki 2ta savatchada bo'ladi: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy.

Quyidagi 12ta jamoa esa 3 va 4-savatchada bo'ladi: Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg'iziston, KXDR, Filippin, Yaman.

O'zbekiston terma jamoasi 12 aprel kungi FIFA reytingiga ko'ra 2-savatchadan o'rin olishi aniq.
Osiyo Kubogi-2019. OFK reglamentni o'zgartirdi. O'zbekiston 2-savatchada bo'ladi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram