Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:28 – Anri: "Borussiya" bilan bahsda rotaciya bo'ladi" 
  • 14:26 – "Atletik" hujumchisi Messi va Ramos natijasini takrorladi 
  • 14:26 – Evropa chempionlar ligasi. "Liverpul" va "Tottenxem" guruhdan chiqishi uchun qanday natija qayd etishi kerak? 
  • 13:14 – ECHL. Suares "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi 
  • 13:13 – Fekir nega "Liverpul"ga o'tmagan? 
  • 13:12 – "Bavariya" tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'ladi 
  • 13:12 – Evropa chempionlar ligasi. Bugungi o'yinlar uchun taxminiy tarkiblar 
  • 13:11 – Davide Astori o'limida ikki shifokor gumon qilinyapti 
  • 13:10 – Superliga-2018. Kim nechta gol urdi? 
  • 13:09 – Azar: "Doimo "Real"ni yaxshi ko'rganman" 

SHu yil yozda “Real Madrid” mutasaddi va vakillari O'zbekistonga tashrif buyuradi

SHu yilning 22 yanvar kuni O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol federaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo'lib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Uchrashuv davomida "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi ochilishi bo'yicha kelishuvga erishilgandi.

Ana shu kelishuv bo'yicha ish tartibini yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G'ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Kelishuvga ko'ra "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish bo'yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.

SHuningdek, yurtimizdagi istedodli bolalarni "Real" Madridga olib borish, "Qirollik klubi" tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini taminlash bo'yicha ham hamkorlik qilinadigan bo'ldi.

Malumot uchun, "Real Madrid" Akademiyasi dunyoning eng kuchli va zamonaviy akademiyalaridan biri bo'lib, akademiya hududi 50 gektar joyni egallaydi. Bu erda 1000 nafarga yaqin xodimlar ish olib boradi. "Qirollik klubi" akademiyasi ayni paytda xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.


Endilikda ushbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini o'zbekistondagi futbol klublarida ham qo'llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg'ulotlar o'tkazish yo'lga qo'yiladi.

Muzokaralar natijasiga ko'ra shu yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari yurtimizga tashrif buyuradigan bo'lishdi. Ular O'zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bo'lib, “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, yurtimizdagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo'yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish borasida ish olib borishadi.
SHu yil yozda “Real Madrid” mutasaddi va vakillari O'zbekistonga tashrif buyuradi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram