Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 23:40 – “Liverpul”​ yoshlari MYU yoshlarini ECHLdan chiqarib yubordi 
  • 23:35 – Pol Pogba “Sevilya”ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi 
  • 23:35 – Gattuzo “Milan”ning eng katta muammosi haqida gapirdi 
  • 23:34 – Pepe: "Endi milliy chempionat haqida o'ylash kerak" 
  • 23:33 – O'FA “Navbahor”va “Bunyodkor” klublarini 500 million so'm jarimaga tortdi 
  • 23:31 – Raneri: "Birinchi bo'lib Mourinoga hujum qilganman, ammo keyin munosabatimiz joyiga tushgan" 
  • 20:59 – “Bunyodkor” BAAdagi yig'inini yakunladi 
  • 20:57 – Karikatura: "CHelsi" - "Barselona" uchrashuvi qanday o'tdi? 
  • 20:57 – Villian: "Kamp Nou"dagi bahs umuman boshqacha bo'ladi" 
  • 20:56 – Yumtiti "Barselona"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 

Umid Ahmadjonov Ispaniya, Frantsiya FF va "Real Madrid" klubi rahbariyati bilan uchrashadi

O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi va O'zbekiston Futbol federatsiyasi
prezidenti Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi Akademiyasi direktori Xulio
Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar
bilan Ispaniyaga jo'nab ketdi.

Safardan ko'zlangan aosiy maqsad "Real Madrid" akademiyasi filialini Toshkentda
ochish, shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan murabbiylar
tayyorlash va bolalar futbolini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik
aloqalarini o'rnatishdan iborat. Bundan tashqari safar davomida Ispaniyadagi bir
qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uchrashib, fikr almashish belgilangan.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov "Real Madrid" futbol klubi rahbariyati tomonidan 21
yanvar` kuni La liganing 20-turidan o'rin olgan "Real Madrid"- "Deportivo"
uchrashuvini bevosita "Sant`yago Bernabeu" stadionidagi prezident lojasidan tomosha
qilishga taklif etilgan.

23 yanvar` kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Frantsiya futbol federatsiyasi
rahbariyati bilan ham uchrashuv o'tkazishi rejalashtirilgan.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: the-uff.com
Reyting: 
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram